1-topshiriq. Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari va uning tasnifi, axborot xavfsizligining tashkiliy-ma‘muriy ta‘minoti haqida izoh bering?
Axborot xavfsizligining tashkiliy-ma’muriy ta’minoti Axborotni ishonchli himoya mexanizmini yaratishda tashkiliy tadbirlar muhim rol o’ynaydi, chunki konfidenstial axborotlardan ruhsatsiz foydalanish asosan, texnik jihatlar bilan emas, balki himoyaning elementar qoidalarini e’tiborga olmaydigan foydalanuvchilar va xodimlarning jinoyatkorona harakatlari, beparvoligi, sovuqqonligi va ma’suliyatsizligi bilan bog’liq. Tashkiliy ta’minot konfidenstial axborotdan foydalanishga imkon bermaydigan yoki jiddiy qiyinchilik tug’diruvchi ijrochilarning ishlab-chiqarish va o’zaro munosabatlarini me’yoriy-xuquqiy asosida reglamentlashdir. Tashkiliy tadbirlarga quyidagilar kiradi: xizmatchi va ishlab chiqarish bino va xonalarni loyihalashda, qurishda va jihozlashda amalga oshiriladigan tadbirlar. Bu tadbirlarning asosiy maqsadi hududga va xonalarga yashirincha kirish imkonini yuqotish; odamlarning va transportning yurishi nazoratining qulayligini ta’minlash; foydalanishning aloxida tizimiga ega bulgan ishlab-chiqarish zonalarini yaratish va x. hodimlarni tanlashda amalga oshiriladigan tadbirlar. Bu tadbirlarga hodimlar bilan tanishish, konfidenstial axborot bilan ishlash qoidalari bilan ishlashni o’rgatish, axborot himoyasi qoidasini buzganligi uchun javobgarlik darajasi va x. bilan tanishtirish kiradi - ishonchli propusk rejimini va tashrif buyuruvchilarning nazoratini tashkil qilish; - xona va hududlarni ishonchli qo’riqlash; hujjatlar va konfidenstial axborot tashuvchilarini saqlash va ishlatish, shu jumladan, qayd etish, berish, bajarish va qaytarish tartiblariga rioya qilish; axborot himoyasini tashkil etish, ya’ni muayyan ishlab chiqarish jamoalarida axborot xavfsizligiga javobgar shaxsni tayinlash, konfidenstial axborot bilan ishlovchi hodimlar ishini muntazam tekshirib turish.