TEST
Bugungi kunda jamoatchilik fikriga rejaviy tarzda bevosita ta’sir o‘tkazish amaliyoti qaysi mamlakatlarda saqlanib turibdi?
A. AQSH, Germaniya, Angliyada
B. Xitoy, SHimoliy Koreya, Kuba, Iroqda
V. YAponiya, Janubiy Koreya, Mongoliyada
G. Fransiya, Italiya, Avstraliyada
|
MUAMMOLI VAZIYAT
Katta bir korxonada rahbarman. Qo‘l ostimda mingdan ortiq ishchilar ishlaydi. Bir kuni xodimlarimdan biri biz ishlab chiqaradigan mahsulotlardan o‘g‘irlaganini bilib qoldim. SHu zahotiyoq uni ishdan bo‘shatishlariga buyruq berdim. Lekin ertasi kuni xodimlarimning barchasi eshik oldida to‘planib turganini ko‘rib, tashqariga chiqdim va ulardan nima gapligini so‘radim. SHunda ular mendan bir kun oldin bo‘shatib yuborgan xodimni kechirishimni so‘rashdi. Bu ish uning birinchi va oxirgi xatosi ekanligini ta’kidlashdi. Men esa juda qattiqqo‘l insonman. Hozir bittasini kechirsam, albatta ertaga boshqasi ham shu ishni qilishiga ishonaman. Siz nima deb o‘ylaysiz, jamoatchilik fikriga rahbar rozi bo‘lishi kerakmi yoki o‘z qarashlarida qolsinmi? Agar o‘z fikrida qolsa, jamoatchilikka bu holat qanday psixologik ta’sir ko‘rsatadi?
|