Oraliq nazorat (seminar mashg‘uloti o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi) - YOzma
30
10 hafta
YAkuniy nazorat - TEST
30
20 hafta
JAMI
100
GLOSSARIY
Termin
SHarhi
Ochiq axborot tizimlari (OAT)
Axborot agentliklari, gazetalar, jurnallar, jurnal tarzidagi nashrlar, boshqa nashr mahsulotlar, radio, televidenie, audio va videomahsulotlar hisoblanadi. Internet, matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar, davlat, jamoatchilik va boshqa tashkilotlar va muassasalar, reklama agentliklari bo‘yicha tuzilmalar ham shular jumlasidandir.
Jamoatchilik fikri
Hozirgi payt uchun dolzarb bo‘lgan turmush muammolariga kishilarning munosabatini ifoda etuvchi ijtimoiy ong shaklidir.
Ijtimoiy ong
Ayrim ijtimoiy guruhlar, butun jamiyat turmushi va ongining namoyon bo‘lish shaklidir. Ijtimoiy ongning mavjud bo‘lish shakllari bo‘lib, siyosiy g‘oyalar, huquq, falsafa, axloq, din, fan, estetika va boshqalar hisoblanadilar.
Axborot
Moddiy dunyoning organizmda yoki organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof-muhit o‘zgarishlariga moslashish uchun foydalaniladigan moddiy dunyo ob’ektlarining aksidir. U ma’lumotlar, xabarlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ma’lumotlar moddiy dunyo ob’ektlari organizatsiyasi aksi natijasida hosil bo‘ladi. Xabarlar esa boshqa organizmlarga xabar etkazish uchun yuzaga keladi.