«axborot xavfsizlik psixologiyasi»



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə37/53
tarix20.10.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#157960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
01.11.22 АХБОРОТ КАЗУС

Axborotlashtirish

axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui.

Informatsion jarayonlar

axborotni qidirish, yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash va tarqatish jarayoni.

Ijtimoiy-siyosiy axborot

ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a’zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o‘rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o‘z faoliyatida foydalaniladigan bilimlar, ma’lumotlar va xabarlar majmui.

Axborot madaniyati

texnik-texnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-texnologik jihatdan axborot madaniyati axborotni olish, qayta ishlash, saqlash va etkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi. Ijtimoiy-madaniy ma’noda axborot madaniyati insonning muayyan ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o‘zlashtirilgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko‘rsatishini anglatadi.

Axborot iste’moli madaniyati

axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o‘zida ifoda etadi.

Axborotlashgan jamiyat

kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin