«axborot xavfsizlik psixologiyasi»



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/53
tarix20.10.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#157960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
01.11.22 АХБОРОТ КАЗУС

Guruhlarda ishlash
Guruhlarga topshiriqlar
1-ekspert varag‘i:

  • Axborot, axborotlashtirish tushunchalarini izohlang va ushbu tushunchalarning mazmun va mohiyatiga alohida e’tiboringizni qarating.

  • Jamiyatning axborotlashuvi shaxs, jamiyat va davlatning taraqqiyotiga ta’sir etadimi? degan savol qo‘yib guruh a’zolari o‘rtasida muhokama qiling, xulosa chiqaring, fikrlarni jamlang. Guruh sardori taqdimot qilishi, boshqalar to‘ldirishi, vaziyatga baho berishi mumkin. «Aqliy hujum» texnikasidan foydalanish mumkin.

2-ekspert varag‘i:

  • Informatsion jarayonlar tushunchasini izohlab bering.

  • Jamiyatning axborotlashuvi jarayoni jadal kechayotgan davrda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati to‘g‘risida nima deya olasiz? «Aqliy hujum» texnikasidan foydalanib, muammoning echimini topishga urinib ko‘ring va taqdimotga tayyorlaning.

3-ekspert varag‘i:

  • “Kimki axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik qiladi” degan fikrga qanday qaraysiz?

  • Internet tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan sharoitda axborot iste’moli madaniyati tushunchasini qanday izohlaysiz? Qo‘yilgan savollarga «aqliy hujum» texnikasidan foydalanib, muhokama qiling, g‘oyalarni sistemaga soling, eng muhim g‘oyalarni baholang va taqdimot qiling.



Test topshiriqlari
1. “Axborot” so‘zining ma’nosi-
A. Bayon etmoq, tushuntirmoq.
B. Etkazmoq, ta’minlamoq.
V. Xabar, ma’lumot.
G. Ta’minlamoq, qurollantirmoq.
2.Axborotlashtirish bu:
A. Zaruriy texnik jihozlar bilan ta’minlash.
B. Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish.
V. Ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy texnik jarayonlar majmui.
3. Informatsion jarayonlar bu:
A. Axborotlar bilan ta’minlash jarayoni
B. Axborotlarni shakllantirish jarayoni.
V. Axborotni qidirish, yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, tarqatish jarayoni.
G. Zaruriy axborotlarga bo‘lgan ehtiyojning ta’minlanish jarayoni.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin