Kursni o‘rganishning maqsad va mohiyati nimada ekanligini izohlang.
Ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalar bilan izohlanadi? degan savol qo‘yib guruh a’zolari o‘rtasida muhokama qiling, xulosa chiqaring, fikrlarni jamlang. Guruh sardori taqdimot qilishi, boshqalar to‘ldirishi, vaziyatga baho berishi mumkin. «Aqliy hujum» texnikasidan foydalanish mumkin.
2-ekspert varag‘i:
Axborotning insoniyat hayotidagi o‘rni haqida nima deya olasiz? «Aqliy hujum» texnikasidan foydalanib, muammoning echimini topishga urinib ko‘ring va taqdimotga tayyorlaning.
Axborot sohasida shaxs va jamiyat manfaatlariga tazyiq manbalari nimalar? «Aqliy hujum» texnikasidan foydalanib, muammoning echimini topishga urinib ko‘ring va taqdimotga tayyorlaning.
3-ekspert varag‘i:
Milliy axboriy xavfsizlik deganda nimani tushunasiz? Guruh a’zolari ishtirokida muhokama asosida bayon etishga harakat qiling.
Axborot sohasidagi shaxs manfaatlariga tazyiq manbalari nimalar?
Tayanch ibora va tushunchalar asosida BBB jadvalini to‘ldiring