1 harb. Urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar oʻtkazishning umumiy rejasi. ◆ Yashin tezligidagi urush strategiya



Yüklə 54,34 Kb.
səhifə1/10
tarix26.04.2023
ölçüsü54,34 Kb.
#102951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atamalar


Atamalar.

yun. strategia < stratos — qoʻshin + ago — boshlab boramanMaʼnosi[tahrirlash]


harb. Urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar oʻtkazishning umumiy rejasi. ◆ Yashin tezligidagi urush strategiyasi.
2 Urush olib borish haqidagi fan. ◆ Strategiya kursi. Strategiyadan maʼruzalar. Harbiy strategiya nazariyasi.
koʻchma Ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanʼati, shuningdek, umuman, boshqaruvni toʻgʻri va istiqbolli rejalashtirish sanʼati. ◆ Fan taraqqiyotida har bir muhim davr ilmiy izlanishlarning maʼlum strategiyasini oʻrtaga tashlaydi.
Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.[1] Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor.
Kishilik jamiyati paydo boʻlgandanoq, demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham oʻzining soʻnggi choʻqqisiga erishganicha yoʻq. Davlat bilan birga vujudga kelgan demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda oʻziga xos qadriyatlar, mentalitet, anʼanalar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta taʼsir koʻrsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi.
Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻp partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukammal rivojlanib boradi.
Deputat — (lotinchadeputatus — vakil) —[1]. davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida — xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning maqomi, vakolatlari, deputatlik faoliyatining kafolatlari „Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida“ Oʻzbekistan Respublikasining qonunida (1995-yil 6-may) belgilab berilgan; 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan shaxs[2].
Partiya (lot. partio — boʻlaman, ajra-taman degan ma'noni anglatadi):
1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (qarang Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi (mas, qidiruv Partiyasi);
2) bir manzilga bir vaqtda joʻnatilgan tovarlar;
3) muayyan natijagacha oʻtkaziladigan oʻyin (mas, shaxmatdagi Partiya); bir kancha oʻyinlardagi oʻyinchilar tarkibi.
lot. palatium — saroy, qasr

Yüklə 54,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin