Suverenitet (fransuzcha: souverainete — oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi. U BMT Ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat suvereniteti, millat suvereniteti, xalq suvereniteti tushunchalari ishlatiladi. Davlat suvereniteti — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligi. Davlat suvereniteti haqidagi goya Jan Boden (16-asr, Fransiya) ga tegishlidir. Uning fikricha, Suverenitet davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat suvereniteti tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi va boyitiddi. Oʻzbekiston Respublikasining
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga boʻlinadi.
Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.[1] Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor.
Kishilik jamiyati paydo boʻlgandanoq, demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham oʻzining soʻnggi choʻqqisiga erishganicha yoʻq. Davlat bilan birga vujudga kelgan demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda oʻziga xos qadriyatlar, mentalitet, anʼanalar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta taʼsir koʻrsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi.
Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻp partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukammal rivojlanib boradi