1 harb. Urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar oʻtkazishning umumiy rejasi. ◆ Yashin tezligidagi urush strategiya



Yüklə 54,34 Kb.
səhifə7/10
tarix26.04.2023
ölçüsü54,34 Kb.
#102951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atamalar

Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutlaq huquqqa ega boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.
Parlament bir palatali yoki ikki palatali boʻladi (kamdan kam hollarda palatalar koʻproq boʻlishi mumkin). Ikki palatali parlamentda palatalarni biri umumxalq vakilligi prinsipida boʻladi. Uning deputatlari hududiy saylov okruglari boʻyicha saylanadi. Davlatning hududi shunday okruglarga taqsimlanadi (majoritar saylov tizimi) yoki proportsianal (mutanosib) saylov tizimi boʻyicha, yaʻni siyosiy partiyalar va harakatlar taklif etgan roʻyxatlar boʻyicha yoxud aralash tizim boʻyicha saylash oʻtkaziladi.
Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish. Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida isolohot deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy oʻzgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda toʻgʻri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, maʼnaviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va boshqa oʻziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, maʼrifiy, huquqiy va shu kabi sohalarida alohida yoki bir necha soqalarida bir yoʻla islohotlar qilinishi mumkin. Islohotlar vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, jamiyat hayotining hamma sohalarida tub oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yoʻnaltirilgan islohotlar xalqning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgandir

Yüklə 54,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin