Axborotlar va ularning xossalari


Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi



Yüklə 118,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü118,72 Kb.
#204676
1   2   3
Axborot va uning turlari Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlarini

Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi 
Axborot 
texnologiyasining 
vujudga 
kelishi 
va 
rivojlanishini 
belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar: 
Ichki omillar. 
Tashqi omlilar. 
Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborot 
lar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k. 
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy 
vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. 
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning 
yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni 
bosib o’tdi. 
1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda 
«qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, 
kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat 
vositasida amalga oshirilgan. 
2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. 
Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» 
texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va 
telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham 
o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini 
shakllantirishga ko’chiliriladi.
4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar 
qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va 


ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va 
axborot izlash tizimlaridir. 
5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter 
texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu 
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik 
vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila 
boshlandi. 
XX asrning 50 – yillarida Yangi fan – informatika faniga asos solindi. 
Informatika termini lotincha “informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Ba’zi manbalarda 
keltirilishicha, “Informatika” atamasi dastlab 1960 – yillarida Fransiyada vujudga 
kelgan. Bu so’z fransuz tilidagi informatsiya (information) va avtomatika 
(automatique) so’zlarini birlashtirilishidan hosil bo’lib, “axborotlarni avtomatik 
qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi. 
Informatika inson faoliyatining turli jabhalarida axborotlarni izlash va undan 
foydalanish masalalari bilan Shug’ullanuvchi fandir. 
Informatika quyidagi masalalar guruhini tadqiq qiladi va o’rganadi: 
Texnik, axborotlarni ishonchli yig’ish, saqlash, jo’natish, qayta ishlash va uzatish 
usullarini o’rganish bilan bog’langan. 
Semantiklik, axborotlarni o’rganishda axborotning mohiyatini ochish va 
uning elementlarining mazmunan ahamiyati o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish 
imkoniyatini beradi; 
Pragmatiklik, axborotlarning amaliy jihatidan foydaliligi, iste’molchi uchun 
qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan 
ko’rib chiqadi. 
Sintaksislik, ayrim ilmiy – faoliyat sohalarini formallashtirish va 
avtomatizatsiyalash masalalari bilan bog’langan, jumladan, indekslash, mashina 
tarjimasi va h.q. 


Informatikaning 
asosiy 
uchta 
yo’nalishi 
mavjud: 
Birinchi yo’nalish – axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik 
vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash 
komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlarini qamrab oladi. 
Ikkinchi yo’nalish – ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha har xil amaliy 
vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik 
vositalar bilan samarali ishlashni tashkil etish imkonini beradigan, dasturiy 
ta’minotni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini 
o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir. 
Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo’nalishni umumiy va amaliy dasturiy 
ta’minot deb atash qabul qilingan. 
Uchinchi yo’nalish – avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni 
hal etish modellari, algoritmlari, tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil 
qilishdir. Informatikaning bu bo’limi hozirgi davrda qishloq xo’jaligi sohasida o’ta 
muhim va dolzarb hisoblanadi. 
Informatikaning moddiy texnik bazasi va boshqaruv faoliyatining turli 
sohasi va darajalarida ishlayotgan mutaxassislar uchun AIJdan keng foydalanish 
imkonini beradi va Shuningdek, ekspert – professional (ekspert tizimi) darajasida 
qaror qabul qilishga qodir bo’lgan ixtisoslashtirilgan predmet sohasida hisoblash 
tizimini va axborot –kommunikatsiya tarmog’ini yaratish imkoni yuzaga keladi. 
Informatikaning inson faoliyati mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi 
birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan bog’liq. Bunda asosiy 
xizmat mikroprosessor texnikasiga to’g’ri keladi. Informatika kompyuter texnikasi 
rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi. 
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan 
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta 
ishlashi bilan bog’liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma – xil tarmoqlari 
birligini o’zida namoyon etadi. 
Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism – texnik vositalar 
(hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida 


tasavvur etish mumkin. O’z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari 
bo’yicha turli jihatlardan: milliy iqtisodiyot tarmog’i, fundamental fan, amaliy fan 
sohasi sifatida ko’rib chiqish mumkin. 
Informatika iqtisodiyot tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy 
texnologiyasini ishlab chiqish bilan Shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli 
shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi. 
Fundamental fan sifatida informatika, kompyuter axborot tizimlari negizida 
istalgan ob’yektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni 
barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan, amaliy fan sohasi sifatida esa 
quyidagilar bilan Shug’ullanadi: 
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotlarni yig’ish, qayta 
ishlash, tarqatish); 
b) inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion – axborot modellarini 
yaratish; 
v) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning 
hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqish, ishlashni va hokazolarni loyihalash, 
ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. 
Kompyuter texnikasi va informatsion texnologiyaning keng rivojlanishi 
jamiyatning rivojlanishiga turtki bo’lib, u turli informatsiyalarni qo’llash asosida 
axborotlashgan jamiyat nomini oldi. Axborotlashgan jamiyat aqliy mehnatni 
oshiradi. Turli tizimlar, kompyuter texnikasi, kompyuter tarmoqlari informatsion 
texnologiya, telekommunikatsiya aloqasi, axborotlashgan jamiyatning moddiy va 
texnologik bazasi bo’lib hisoblanadi. 
“Texnologiya” so’zi lotincha “thexnos” - san’at, hunar, soha va “logos” - fan 
degan ma’noni bildiradi. Texnologiya so’zi - biror vazifani bajarishda uning turli 
xil usullarini ko’rinishini anglatadi. 
Axborot texnologiyalari (AT) – bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, 
saqlash, izlash yo’lidir. AT informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda 
boshqaruv amaliyotini o’tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy 


izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik 
revojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotning Yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. 
AT - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va Shu jarayonlarni amalga oshiruvchi 
barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan hisoblanadi. 
AT fan sifatida metodologik va uslubiy holatlarni tashkillashtirish, 
instrumental - texnik vositalardan foydalanish usullari va h.k. o’z ichiga oladi. 
Yangi ilmiy bilimlarni aniq axborot texnologiyalariga transformatsiya qilinishi ‒ 
fan sifatida axborot texnologiyalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Axborot atamasi lotincha “Informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
o’zbekchada tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi. 
O’z navbatida, xabar- axborotni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, 
grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k ko’rinishlarda ifodalanadi.
Umuman olganda, axborot ‒ bu odamlar orasidagi, odamlar bilan eHM lar 
orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng 
ma’noda ilmiy tushunchadir. Informatika bu – inson faoliyatining bir sohasi bo’lib, 
u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, Shu 
bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning 
aloqadorligini o’z ichiga oladi. 
“Informatka” so’zi dastlab, XIX asrning 60 ‒ yillarida Fransiyada vujudga keladi. 
U informatsiya va avtomatika so’zlarini birlashtirishdanb hosil bo’lib, 
“ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida 
gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani deb ataladi. Mustaqil fansifatida 
informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtimoiy va boshqa sohalarda 
boshqalarning umumiy prinsplari haqidagi fan- kibernetika fani bazasida vujudga 
keldi. 
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson 
faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar 
yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir. 
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnalogiyasi 
bazasidan ixtiyoriy ob’yektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti 


metodologiyalarini, tadbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab 
chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini yaratish bilan Shug’ullanadi. 
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborotlardir. 
Uning oddiy ma’lumotlardan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta 
jamoalari bilan, tashkilotlar bilan korxona vaShu singari boshqa iqtisodiy 
strukturalardagi 
boshqarish 
jarayonlari 
bilan 
bog’liqligidadir.
Shaxsiy kompyuterlarning rivojlanib borish tendensiyalari 
Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari 
«Texnologiya» grekcha so’z bo’lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay 
olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda 
esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmui tuShunilgan. Ushbu 
jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi 
vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida 
amalga oshiriladigan xom ‒ ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, 
xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui 
tuShuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir. 
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot 
sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’yekt, jarayon yoki xodisa 
to’g’risidagi sifat jihatidan Yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning 
axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon 
bo’ladi. 
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning 
boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy 
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik 
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur 
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, 
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish 
uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob ‒ uskuna vositalari orqali. 


Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab beradi. 
Ularning asosini inson tomonidan o’rganilgan (balki to’liq emas) tabiiy (fizik, 
kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy 
izlanishlari natijasida to’plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil 
etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va prinsiplarni belgilovchi 
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. 
Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy 
tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi. 
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan 
ta’siri har xil bo’lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki prinsiplarning 
ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin. 



Yüklə 118,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin