axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga
o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan,
sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan
tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu
belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki musiqani
qog'ozga tushirish oson kechadi.
www.arxiv.uz
Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni
uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi
uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida
analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret
axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret
axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir,
ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan
ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan
qurilmalar
raqamli
qurilmalar
deb
ataladi.
Analog
qurilmalarga
televizor,
telefon,
radio,
fotoapparat,
videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter,
raqamli
telefon,
raqamli
fotoapparat,
raqamli
videokamerani misol qilish mumkin.
www.arxiv.uz
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun
aniq bir qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish
jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash
insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi
Dostları ilə paylaş: |