Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa
belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi
mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, ikkinchi
tomondan, uning faqat ikki belgi - nuqta va tiredan iboratligi uni
texnik vositalarda qo'llash imkonini beradi. Morze usuli notekis
kodlash usuliga, quyidagi usullar tekis kodlash usuliga misol
bo'ladi.
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga
ma'lum
bo'lgan
alifbodagi
harflarni
ularning
tartibini
ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat:
www.arxiv.uz
Bu usuldan foydalansak, masalan, "Bugun havo lssiq" degan
axborot quyidagi ko'rinishni oladi:
02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16
Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham
maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin.
Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli
mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz:
Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi
to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinishni
oladi:
03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21
Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi
ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda murakkab.
Uyga vazifa
1.Sanoq Sistema bo’yicha amallar bajarish.
2.Har bir talaba o’z I.F.O kodlab kelashadi.
|