QATLAMLAR BILAN ISHLASH
15-dars
Qatlam – obyektlar joylashtiriladigan tekislik.
Photoshop suratga qo‘shilgan yangi tasvirlarni avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvirni hosil qiladi. Har bir qatlamdagi tasvirni boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin. Shuningdek, qatlamni barcha obyektlari bilan siljitish, o‘chirish, ekranda ko‘rsatish va chop etish mumkin.
QATLAMLARNI BOSHQARISH
Adobe Photoshop dasturida qatlamlar bilan ishlash uchun menyular qatori „Layers“ (Qatlamlar) bo‘limida joylashgan buyruqlardan yoki dastur interfeysining pastki o‘ng oynasida ajratilgan qatlamlar palitrasidan foydalanish mumkin.
Qatlamlar palitrasini ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning „Window“ (Oyna) bo‘limidagi „Layers“ bandini tanlash yoki klaviaturaning F7 funksional tugmachasini bosish lozim.
QATLAMLAR PALITRASI
QATLAMLAR PALITRASI
Qatlamlar palitrasining pastki qismida joylashgan tugmalar vazifalari:
QATLAMLAR BILAN ISHLASH Adobe Photoshop dasturida qatlam yaratish, qatlamlarni aralashtirish rejimini o‘zgartirish, qatlam uslublarini o‘zgartirish, qatlamlar orqali tasvirlarga soya hosil qilish, qatlamlarni shaffof qilish, nusxalash, bir guruhga birlashtirish, boshqa qatlamlarning ustiga yoki ostiga tortib, o‘rin almashtirish, qatlamlarni ko‘rinadigan yoki yashirin qilish, qatlamga effektlar qo‘llash, yaratilgan barcha qatlamlarni bitta rasmga birlashtirish mumkin.
QATLAM NOMINI QANDAY O‘ZGARTIRISH MUMKIN?
Adobe Photoshop dasturidagi har qanday rasm bu – qatlam. Agar dasturga ixtiyoriy bir rasm yuklangan bo‘lsa, rasm nomi „Background“, ya‘ni „Layer 0“ deb nomlanadi. Har bir keyingi qatlam nomi o‘sish tartibida raqamlanadi. Qatlam nomini o‘zgartirish uchun „Background“ yozuvi ustiga sichqonchaning chap tugmachasi ikki marta bosiladi. U yerdan „Layer 0“ yozuvi o‘rniga klaviatura yordamida yangi matn kiritib, qatlam nomini o‘zgartirish mumkin.
YANGI QATLAM QANDAY QO‘SHILADI?
Photoshop dasturida qatlamlar sonini ko‘paytirish, ya’ni yangi qatlam yaratish mumkin. Buning uchun qatlamlar palitrasining pastki qismidagi maxsus belgisini yoki klaviaturaning tezkor klavishlari „Shift + Ctrl + N“ni birgalikda bosish lozim.
QATLAM QANDAY O‘CHIRILADI?
Agar ortiqcha qatlamni o‘chirish kerak bo‘lsa, qatlam ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bir marta bosilib, ochilgan kontekst menyudan „Delete Layer“ tugmachasini tanlash mumkin.
Bu ishni o‘chirilishi kerak bo‘lgan qatlamni sichqonchaning chap tugmachasi bilan ushlab,
„Delete Layer“ qutichasiga solish orqali ham amalga oshirish mumkin.
O‘zingizni sinab ko‘ring
Dostları ilə paylaş: |