Matn muharrirlari va word matn protsessori



Yüklə 145,5 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü145,5 Kb.
#168823
  1   2   3   4   5   6   7
MATN MUHARRIRLARI VA WORD MATN PROTSESSORI


MATN MUHARRIRLARI VA WORD MATN PROTSESSORI
Reja:



  1. MS WORD matn muharririning imkoniyatlari.

  2. MS WORDning ishchi stoli tafsiloti.

  3. Hujjatlar yaratish va ular bilan ishlashning asosiy qoidalari.

  4. To’g’rilashning asosiy yo’riklari (hujjatni «tugrilash» menyusi yordamida tahrirlash).

  5. Rasmlarni matnga kiritish.

  6. Jadvallarni matn ichiga joylashtirish, jadvallar bilan ishlashniga asosiy yo’riklari.

  7. Diagramma va grafiklarni matnga joylashtirish.



1. MS WORD matn muharririning imkoniyatlari. Foydalanuvchilar uchun dastlabki shaxsiy kompyuterlar paydo bo’lgandan buyon, ularning kundalik yumushlarini u yoki bu tartibda engillashtirib beruvchi ko’plab dasturlar yaratildi. Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko’plab matnlarni qayta ishlashiga to’g’ri keladi. Kompyuterning yaratilishi bu borada katta imkoniyatlarni ochib berdi. Masalan, Microsoft, MultiEdit va shu kabi dasturlar ish yuritishni ancha engillashtirdi. Hozirgi kunga katta-kichik firmalar turli-tuman (masalan, Microsoft, Lotus, Corel va boshqalar) dasturlarni yaratish bilan banddirlar.
Biz ushbu mashg’ulotlarda eng ommaviy tarqalgan dasturlar majmui - Microsoft Office bilan tanishamiz. Zero, mazkur firma bu soxada peshqadam bo’lib turibdi. Ushbu majmua tarkibiga quyidagi dasturlar kiradi:

  • Microsoft Word dasturi - universal matn muharriri;

  • Excel elektron jadvallari;

  • Access ma’lumotlar bazasi sistemasini boshqarish;

  • Power Point hujjatlarni takdim etish muhiti va boshqalar.

YUqoridagi bugungi kunda mashxur bo’lib ketgan dasturlar nomining o’ziyoq dastur yaratuvchilar nechogli katta vazifalarni uz oldilariga maqsad qilganliklarini ayon qilib turibdi. Darhaqiqat, har qanday hujjatni tayyorlash, ofis ishlarini yuritish, telefon nomerlarini saqlashdan boshlab balans hisobotlarini tuzishgacha bo’lgan jarayon katta mehnatlarni talab etadi.
Biz WinWord yoki oddiygina WinWord haqida batafsilroq tanishamiz. Uning yordamida engilgina tashrif qog’ozlaridan tortib, toki gazetalar origanal maketigacha yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu sistema haqiqiy poligrafiyada inqilob bo’ldi desak, mubolaga bo’lmaydi. Harf o’lchamlari, ularning ko’rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash, rasm va fotolarni joylashtirish, matnlarni ro’yxat va jadval ko’rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish bularning hammasi foydalanuvchiga engillik beradi. Bundan tashqari, video- va audioyozuvlar ishini yanada ko’rimliroq qilish, orfografik xatolarni avtomatik tuzatish imkonini beradi.



Yüklə 145,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin