Matn muharrirlari va word matn protsessori


Hujjatlar bilan ishlashning acosiy ўoidalari



Yüklə 145,5 Kb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü145,5 Kb.
#168823
1   2   3   4   5   6   7
MATN MUHARRIRLARI VA WORD MATN PROTSESSORI

3. Hujjatlar bilan ishlashning acosiy ўoidalari. WORD ishga tushishi avtomatik ravishda yangi hujjatni hosil qiladi.
I. «Файл» menyusidan foydalanib (hosil qilish buyrug’i), yangi hujjatlarni hosil qilish mumkin. Istalgan shablonni qo’yish imkoniyati bor. Agar shablon ko’rsatilmagan bo’lsa, me’yordagi shablonni kompyuterning o’zi qo’yib beradi. YAngi hujjat hosil qilish uchun uskunalar panelidagi «hosil qilish» buyrug’i yoki CTRL-N tugmalari bosish orqali amalga oshirish mumkin.
II. Varaq parametrlarini o’rnatish. Bu erda hamma hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng, aytilayotgan ketma-ketliklarni tushuntirish ma’qulroq. CHunki chop etish chog’ida, masalan, WORD da qog’oz o’lchovlari Siz hohlagan parametrlarga mos kelmasligi mumkin. Betlar o’lchovini o’rnatish jarayoni:

  • kursorni hujjatning yuqori mo’ljallangan chegarasiga olib borib qo’yish;

  • Файл menyusida «Betlar Parametlari»ni tanlash;

  • muloqot oynasidan «qog’oz o’lchovi»ni «sichqoncha» bilan tanlash;

  • «qog’oz o’lchovi» satrida standart qog’oz o’lchovlarini tanlang: A4 (albom qog’ozi), AZ (ikki albom qog’ozi), A5 (albom qog’ozi yarmi);

  • agar Sizning qog’ozingiz nostandart bo’lsa, qog’oz kengligi va balandligini o’rnating;

  • «qo’llash» menyusi ushbu parametrlarni hujjatning qaysi qismiga qo’llash kerakligini ko’rsatadi. Agar ko’rsatilmasa, parametrlar hamma hujjatda ko’rsatiladi.

III. Betlarni mo’ljallash - na faqat kitoblar bilan ishlash, balki albom qog’ozlari, ya’ni faqat yuqoridan pastga emas, betni eniga ham chop etishga imkon beradi. Betlar muljallashni o’rnatish jarayoni:

  • «Файл» menyusidan «Betlar Parametrlari» buyrug’ini tanlash;

  • «qog’oz o’lchovi» yozuvi bo’yicha harakatlanish;

  • «Kitob» yoki «Albom» bo’yicha chap tugmada harakatlanish. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, qog’ozning albom bo’yicha mo’ljali ro’yxatlar, jadvallar va boshqa hujjatlarni chop etishda qo’llaniladi. CHunki ular oddiy qog’ozga sigishi kerak.

IV. Hujjat maydonini o’rnatish (ta’kidlash kerakki, bu jarayon ham hujjat tayyorlashda majburiydir). Maydon - hujjat matni muhiti. Agar maydon qatnashmasa, u nolga teng, bunday hujjatni chop etish mumkin emas.

  • «Maydon» yozuvi ustida harakatlanish;

  • maydonning yangi o’lchamlarini kiriting - YUqori, Pastki, o’ng, CHap (hujjatlarni rasmiylashtirishda yuqoridan va pastdan 2,54 sm, o’ng va chapdan 3,17 sm qabul qilingan). Ta’kidlash kerakki, maydon o’lchovi 0 dan kam bo’lmasligi yoki nolga teng bo’lishi kerak (hujjatni chop etishda katta muammolar paydo bo’ladi).

  • «Muqovalash» menyusi muqovalashga necha varaq ajratish lozimligini hamda kolontitullar o’lchovini o’rnatadi. Kolontitul - varaq betlari, hujjat nomlarini ko’rsatuvchi maxsus joy (varaqning yuqori va pastki qismida);

  • menyuda hujjatning qaysi qismiga maydon o’lchovlari qo’yilishi kerakligi ko’rsatiladi.

V. SHrift o’lchovi va turini o’rnatish (shrift - ma’lum qonun-qoidalar bilan yozilgan bosma va yozma, maxsus belgi, tinish belgilari va raqamlar majmui). Bu erda shuni ta’kidlash kerakki, har xil shriftlarni hujjatlarda qo’llash yuqori madaniyat belgisidir. SHriftlarni o’zgartirish jarayoni:

  • formatlash - uskunalar panelida normal nomi yozilgan oynani toping;

  • oynaning o’ng tomonida turgan strelkani bosing;

  • hosil bo’lgan menyudan kerakli shriftni tanlab oling («sichqoncha» bilan). Bu erda o’quvchilar T Harfi bilan belgilangan shriftlarni tanladi, deylik. Bunga izoh berish lozim. The Ture fonts - masshtablashgan shriftlar. Bu shriftlar ekranda qanday bo’lsa, printerdan ham xuddi shunday chiqadi. Boshqa shriftlarni qo’llash printer uchun ba’zi muammolarni paydo qiladi. TTf shrift ulchovini urnatish jarayoni:

  • formatlash uskunalar panelidan tugma tanlanib, oynadan o’ngda joylashgan oyna tanlanadi. Bu oynada shrift turlari o’zgarishi ko’rsatilgan:

  • menyudan shrift o’lchovlari tanlanadi;

  • tanlangan shrift ustida harakatlanadi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, bu amallar hujjat tayyorlashda asosiy hisoblanadi. Faqat shundan so’ng hujjat matnlarini chiqarish mumkin.

VI. Hujjatlarni saqlash: hujjat bilan ishni tugatgach, uni albatta saqlab qo’yish kerak. Saqlash usullari:

  • ALT+F4 ni bosish yoki Файл menyusiga «CHiqish» buyrug’i bilan kiriladi, so’ng «Ha» tasdig’i e’tirof etiladi;

  • uskunalar panelidan «Standart» tugmasi bosilsin (kichik disket) «Nom» qatorida hujjat nomi kiritilib, keyin OK bosiladi;

  • tezda saqlash uchun CTRL+S bosiladi.

Ta’kidlash joizki, hujjat saqlanganligi haqidagi ma’lumotni WORD beradi. Jarayonlar tugagach, sarlavhalar panelida saqlangan hujjat nomi paydo bo’ladi. Fayllarni boshqa disk yoki disketda saqlash uchun:

  • saqlash buyrug’ini tanlang;

  • disk nomini tanlang (diskyurituvchi);

  • «Nom» qatorida saqlanishi kerak bo’gan hujjat nomini yozing.

Hujjatni yopish - Файл menyusidan «Єpish» buyrug’ini tanlash yoki ALT+F4 tugmalarini bosish bilan bajariladi. Agar hujjat saqlanmagan bo’lsa, u holda hujjatni saqlash yoki saqlamaslik haqidagi so’rov chiqadi. Saqlash uchun «Ha»ni tasdiqlash lozim.
VII. Hujjatni ochish. Hujjatni ochish usullari:
1. Ochish buyrug’ini ishlatib (Файл menyusi):

  • Файл menyusidan «Ochish» buyrug’ini tanlang;

  • muloqot oynasidan «sichqoncha» bilan tanlash kerak bo’lgan faylni ajrating. Agar fayl boshqa disk yoki papkada saqlanayotgan bo’lsa, u holda «Papka» menyusidan foydalaning.

2. CTRL+O tugmachalaridan foydalanib ham yuqoridagi ochishni bajarsa bo’ladi;
3. Standart uskunalar panelidagi «Ochish» tugmasidan foydalanib ochish mumkin.
Hujjatni qidirish:

  • «Файл» menyusidan Tanlash buyrug’ini ajrating;

  • muloqot oynasida hosil bo’lgan Nom yo’qliga yangi qidirilayotgan fayl nomini yozing;

  • tanlash tugmasini bosing;

  • tanlash muloqot oynasida izlanayotgan disk nomini yozing;

  • topilgan fayllar ro’yxatidan «sichqoncha» bilan keraklisini ajrating.


Yüklə 145,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin