Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bolib, ular quyidagilar:
Ichki omillar.
Tashqi omlilar.
Ichki omillar- bu axborotni poydo bolish turlari, xosalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar bu axborot texnologiyasining texnika uskunaviyvositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bolib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib otdi.
1 bosqich. XIX asirning 2 yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qollik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya yani aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 bosqich. XX asirning boshlariga mansub bolib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham ozgardi. Unda asosiy urgu axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga kochiliriladi.
4 bosqich. XX asir ortalariga togri kelib, «yelektron» texnologiyalar qollanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5 bosqich. XX asirning oxiriga togri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga moljallangan turli dasturiy vositalarga yega bolgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga moljallangan texnik vositalarning ozgarishi roy berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.