Axborotnomasi


  YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#168549
1   2
YO\'TA 0513

53 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 5-SON, PART 2 (YOʻTA) 
etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va 
qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat 
muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi 
mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari 
idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil 
davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy 
arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir 
hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak.Doimo har bir shaxsning hayoti 
va faoliyati davomida uning ixtiyorida ma’lum hujjatlar to’planadi. Bu hujjat va materiallar 
o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy 
mulki bo’lsa-da, ularda davlat ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi 
emas. Shuning uchun ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy 
arxivi fondiga kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. 
Shaxsiy arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan holda 
davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar 
(vaqtincha) asrovga olinishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda 
O’zbekistonda davlat, idoraviy va shaxsiy arxivla mavjud bo’lib, bu arxivlarda 
respublikamizning o’tmishi va hozirgi kunini o’zida aks ettirgan bebaho hujjatli manbalar 
saqlanmoqda. Ularni nes-nobud qilmasdan kelajak avlodlarga yetkazish arxiv xodimlarining 
asosiy vazifasidir. 
Sovet davrida ham foto va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib o’tgan 
yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot va san’at 
namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlarining yozib olingan nutq va intervyularidan, eski 
bolsheviklar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining esdaliklaridan 
iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida badiiy asarlar yozib olingan magnit lentalari hamda 
taniqli san’atkorlar va jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar audiokassetalari 
saqlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha 
viloyatlardagi bo’limlarida sobiq O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli hujjatlari bilan bir 
qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar, jumladan Prezident 
Devoni, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, O’z XDP va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 
harakatining hujjatlari saqlanmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
I.A.Alimov Arxivshunoslik Toskent:’’Tafakkur Bo’stoni” 
2.
U.Jumayev O’zbekistonda arxiv ishi tarixi Toshkent ”Turon-iqbol”-2016 
3.
M. M. Is’hoqov, I.B.Xudoynazarov, ”Yordamchi tarixiy fanlar”.: ”Noshir”.2019

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin