sarfladi. Lekin u bunga achinmaydi. Voqeani eslaganida afsuslanmaydi, balki o‘z xatti–
harakatidan qoniqish tuyib, jilmayib qo‘yadi, hatto bu xotirlash unga ruh beradi.
Bu hodisada biz ikki xil tamoyil bilan harakat qilgan ikki kishini ko‘rib turibmiz: birinchisi
– xudbin, ikkinchisi – fidoyi inson. Garchand, qonun birinchi
kishini xudbinligi uchun
jazolamagani barobarida ikkinchi kishiga fidoyiligi uchun alohida imtiyoz bermasa–da, jamiyat,
mahalla–ko‘y, odamlar ularga ikki xil munosabatda bo‘ladilar: xudbinlikdan ijirg‘anib,
nafratlanadilar, fidoyilikdan hayratlanib, minnatdorchilik bildiradilar.
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar izzat–hurmat ko‘rsatilishiga sabab
shuki, u istisnoli holatlarda o‘zining odatiy–kundalik hayotiy majburiyatlarini va munosabatlari
darajasini ixtiyoriy ravishda oshira olish qudratiga ega bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar manfaati
yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, ba’zan esa hatto hayotini qurbon
qilishga tayyor turadi va
zarurat tug‘ilganda qurbon qiladi ham; jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni
deb o‘zidan kechadi. Bunga Ikkinchi jahon urushi qahramoni mard o‘zbek yigiti To‘ychi
Eryigitovning fidoyiligi yorqin misol bo‘la oladi. U dushman pulemyotiga ko‘ksini qalqon qilishi
bilan o‘nlab, balki yuzlab o‘ziga o‘xshash odamlar hayotini saqlab qoldi; bu odamlar esa o‘z
navbatida jahonda fashizm g‘alabasining xavfini kamaytira borib, oxir–oqibat yo‘qqa chiqardilar;
ularning zurriyotlari esa hozir ham dunyoning Yangilanishi, o‘zgarishi uchun,
oliy maqsadlar
uchun xizmat qilmoqdalar. To‘ychi Eryigitovning nomi biz bilan birga, hech qachon xalq yodidan
chiqmaydi.
Dostları ilə paylaş: