Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Falsafa 6 mavzu



AXLOQ FALSAFASI (ETIKA). 
 
REJA: 
1.Axloqning mazmun va mohiyati.
2.Axloqiy tamoyillar va axloq kategoriyalar mazmuni
3.Axloq me’yorlarining turlari. 
 
Tayanch tushunchalar:
Odob, xulq, axloq, gedonizm, evdemonizm, etika, odobnoma, axloq 
ilmi, Yaxshilik va yomonlik, adolat
 
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi 
ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘pada 
esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab 
manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; 
yunoncha «ethos» so‘zidan olingan.
Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif 
qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa
matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, 
hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi 
ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. 
Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g‘oyalarning 
vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y bergan. 
Ajdodlarimizning eng ko‘hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu 
sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtai nazaridan 
«Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. 
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy 
munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq« so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy 
xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq« 
iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan 
tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni 
umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik 
qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin