manfiylik o‘rtalig‘ida yuzaga keladigan musbat hodisadir.
Chunonchi, adolat – zulm bilan
mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg‘anchiqlik bilan rujuning
o‘rtalig‘i sifatida voqe bo‘ladi.
Yaxshilik va yomonlik.
Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik
nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha
bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik
mezoniy tushunchalar
sirasiga kiritilmagan, u bor–yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi
tarzida taqdim etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsurlari ezgulikdan,
ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida
ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni
aynanlashtirishga asos bo‘la olmaydi.
Adolat.
Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik
hamda yaxshilik va yomonlikdan
asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror–bir qadriyatni
anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu
bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar
mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham deyish mumkin:
u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka
yo‘l yo‘q.
Shafqat.
SHafqat istilohi xozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o‘quv adabiyotlarda va
ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning
ildizi inson shaxsiga bo‘lgan
muhabbatga borib taqaladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot.
Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog‘liq. Lekin u ayni paytda
muruvvatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko‘p xollarda o‘ziga aloqasi yo‘q boshqa
bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo‘l cho‘zishi bo‘lsa, shafqat kishining o‘ziga aloqador
odamga, aybdor, gunohkor,
ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga
kechirimlilik orqali insonparvarlik ko‘rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib fikr yuritish orqali
vujudga keladigan, o‘zga bir inson iztiroblarini engillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan:
ro‘zg‘orinni zo‘rg‘a tebrayotgan qo‘shningizning
kasbiy xizmat yuzasidan ham, biror bir
jamiyatga a’zoligi jihatidan ham, biznesdagi hamkorlik masalasida ham sizga aloqasi yo‘q,
shuningdek, u sizga do‘st yoki dushman sifatida ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og‘ir
sharoitdan chiqib olishiga iqtisodiy yordam berdingiz, bu – muruvvat. Boshqa bir holatda, deylik
jang maydonida
sizga butunlay begona, buning ustiga safdoshingizga o‘ldirgan dushman askarini
mag‘lub qildingiz. Endi oldingizda ikki yo‘l bor: xohlasangiz, uni o‘ldirishingiz, o‘ch olib
g‘azabingizni bosishingiz, xohlasangiz, g‘azabingizni bosib, u dushman, lekin men kabi odam, uni
ham menga o‘xshab bu maydonga jang qilish uchun yuborganlar, uni o‘ldirganim bilan biror ulkan
o‘zgarish ro‘y
bermaydi, deb asir olgansiz, hayotini saqlab qolgansiz, bu – shafqat. G‘azab
insondagi hayvoniy xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir.
Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon–dilidan sevgan kishisidan, hatto aka–ukasi,
opa–singlisi yoki farzandidan kechishga ham majbur bo‘ladilar. Xullas,
burch axloqshunoslik
mezoniy tushunchalari ichidagi eng «qattiqqo‘l», eng «shafqatsizi».
Dostları ilə paylaş: