TELEVIDENIE.
Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo’lsa, televidenieni
«jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at
targ’ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida
olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To’g’ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish
aqlga to’g’ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real
voqealar va real odamlar
ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko’tarilganini, ularning estetik ahamiyat
kasb etganini yaqqol ko’ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o’lkaki...» turkumidagi
ko’rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu
ko’rsatuvlarning deyarli har biri o’ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan
sifatlashni qo’yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy haqiqatga aylangani, real
odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko’tarilganini, ko’rsatuvni olib boruvchining o’zi
qahramonlardan biri bo’lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko’rsatuv
muallifi,
telerejissyor, tasvirchi mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san’at,
ta’bir joyiz bo’lsa, «hujjatli san’at» sifatidagi o’rnini belgilab beradi.
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar
bu san’at kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada keng. Zero
televidenie oilaviy va individual estetik idrok etiladigan san’at turi, u bizning uydagi
kinoteatirimiz,
uydagi Sirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa, uning kinodasturlari alohida
ahamiyatga ega M.,
davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi kinoteatrda
ko’rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo’q. Bundan
tashqari telekamera
hamma erda - quruqlikda ham, suv ostida ham,
osmonda ham ishlay oladi, qo’limiz, oyog’imiz,
nigohimiz etmaydigan joylardan badiiylik darajasiga ko’tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi.
Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg’iz teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham
aktyor,
ham jurnalist, ham rejissyorlik bo’lib ishlash xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi,
bir so’z bilan
aytganda, katta iste’dod va bilimga. hozirjavoblik va o’tkir nigohga ega bo’lishi
lozim.
16
16
Қarang: Bоrеv Yu. Estеtika. M., 2003. S. 305.