Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Vijdon.
Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. 
Vijdon – Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda
a’lo
men

men
ustidan nazorat o‘rnatib, uni 
boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi 
men.
Agar uyat hissi insonning tashqi
jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z–o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. 
Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida 
odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi, bu – 
oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni 
qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz 
tog‘iga – aysbergga o‘xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi 
qismidan yuz, balki ming barobar kichik. 


Vijdon ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari kabi baholash 
xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti–
harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi. Ba’zan 
jamiyat talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtiloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat 
talablarining o‘tkinchilik xususiyati, ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero, vijdon ko‘zga 
ko‘rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir. 
Nomus.
Asosiy tushunchalardan yana biri – nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch 
bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr–qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus 
mohiyatan shaxsning o‘z qadr–qimmatini anglab etishi, shu qadr–qimmatning jamiyat tomonidan 
tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi. 
Biroq, bu – nomus qadr–qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega, degani emas. Chunki 
qadr–qimmat shaxsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan 
barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa 
o‘z qadr–qimmatini bilishdan tashqari, har bir shaxsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda 
egallagan mavqei va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash–saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe 
esa, shubhasiz, o‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan beriladigan 
axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. Masalan, uyingizda bir kun kelib oddiy ishlarni bajarib 
ketadigan mardikor bilan nomi ketgan mashhur binokor–ustaning, bosh vazir bilan kotibaning, 
bobo bilan nabiraning nomusni tushunishi bir xil emas. SHu ma’noda qadr–qimmatni nomus 
tushunchasining dastlabki bosqichi, ibtidosi deb aytish mumkin. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin