Axloqiy kategoriyalar va me’yorlar


Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu



Yüklə 22,47 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2022
ölçüsü22,47 Kb.
#73839
1   2   3
Falsafa 2 topshiriq

Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu ijtimoiy va siyosiy hodisalar, voqealar, siyosiy aktlar va harakatlarning qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga, odatda, siyosiy va ijtimoiy harakatlarda mujassamlashgan ijtimoiy imtiyozlar, Shuningdek jamiyatning ravnaq topishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‘maklashuvchi tarixiy voqealarning progressiv ahamiyati kiradi.
Ma’naviy qadriyatlar – bu Ma’naviy qadriyatlar qatoriga baxt-saodat, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, huquqiylik va nohuquqiylik, tarixning mazmuni va insonning vazifasi va hokazolar haqidagi me’yoriy tasavvurlar ko‘rinishida ifodalangan ijtimoiy ideallar, mo‘ljallar va baholar, me’yorlar va taqiqlar, harakat prinsiplari kiradi.


  1. Nafosat falsafasi va uning kategoriyalari.

Estetika yoxud Nafosat falsafasi eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi G. Leybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Har bir fan o‘z maqomiga ko‘ra muayyan tadqiqot faoliyat sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. Nafosat falsafasi ham o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Nafosat falsafasi kategoriyalari (go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.

  1. San’at estetikasining turlari.


San’at estetikaning tadqiqot ob’ekti sifatida o’ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo’rtib ko’zga tashlanadi. Shunga ko’ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini o’taydi. U insonni o’rgatadi, da’vat etadi, go’zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko’makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
Shunday qilib, estetika san’atni to’la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.


  1. Global muammolar mohiyati

«Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani echish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa ko‘p sonli muammolardan farqlanadi.

Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin