Proceedings of International Congress on “Multidisciplinary
Studies in Education and Applied Sciences”
Hosted Online from Bilbao, Spain on November 10th, 2022.
www.conferencezone.org
64 |
P a g e
Masalan, maqollar xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri sifatida o‘zining qadimiyligi,
milliyligi, tarbiyaviy ta’sirchanligi bilan insoniyat barkamolligini ta’minlashda
muhim o‘rin tutadi.
Maqollar mazmuni va mavzu doirasining nihoyatda serqirraligini nazarda tutib,
uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan kengroq foydalanish maqsadida ota-onalar va
tarbiyachilar o‘z tarbiyaviy ishlar rejasiga muvofiq quyidagicha maqollar tizimini
ishlab chiqishlari mumkin.
Pedagog-tarbiyachi maslahatiga asoslangan tarbiyaviy tadbirda ertak va
masallarda qo‘llanilgan maqollar yuzasidan suhbatlar o‘tkaziladi. Bunda matn
so‘ngida qissadan-hissa tarzida qo‘llanilgan maqollarning tarbiyaviy mazmuni
haqida bolalar bilan suhbat-munozara o‘tkaziladi.
Yuqorilagilarga xulosa qilib ta’kidlash joizki, ta’lim-tarbiya jarayonida uzluksiz
ravishda, turli o‘quv predmetlari hamda maktabdan tashqari tadbirlarda
maqollardan oqilona foydalanish bola tarbiyasida juda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan maqolning sifati, bolalarning
yoshiga mos bo‘lishi, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egaligiga ko‘ra saralab
olinganligi kabilar ushbu jarayonda o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.Nishonova «Komil inson tarbiyasi». – T: «Sharq», 2003 y.
2. N.Ravlova «Ilk yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish».-T.: «O‘qituvchi»,
2000 y.
3. Donishmandlar odob-ahloq to‘g‘risida. - T: «O‘qituvchi» 1998 y.
4. R.Usmonov «Hayot-ustoz, Xalq - muallim». - T: «O‘qituvchi», 1992 y.
5. Sh.Abdujalolova, A.Fitrat. «Oila va bola tarbiyasiga oid qarashlar». – T.:
«Yozuvchi», 2002 y.
Dostları ilə paylaş: |