Axmadaliyeva



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/4
tarix24.03.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#89710
1   2   3   4
информатика

inotlarning o’rni

Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti

pedagoglari oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o`yinlarini va ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim. Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va axloq me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon, tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi. Shu bilan birga AKT bolaga interfaol ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi bilimlarni tez o`zlashtirishiga va dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu interfaol kompyuter o`yinlari tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda Power Point dasturida va mashg’ulotda bolalar bilan birga o`ynash uchun yaratilgan bo`lishi zarur. Masalan, o`yin faoliyat markazida “Bino quramiz”, “Farqini top”, “Nima kam”, “Xatoni top”, “Qo`g’irchoqni kiyintiramiz”, “Shaklni joylashtir”, “Rasmni bo`ya” ta'limiy o`yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan bilimlarni bola zo`r qiziqish bilan o`zlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan kompyuterlashtirilgan pedagogik texnologiyalarni taqqoslaydigan
bo`lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi.

Kompyuter ekranida axborotning o`yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo`yilishi va ularninig to`g’ri yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, bolalarda kompyuter va smartfonlardan to`g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini va zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim.

AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana



biri zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o`z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin