Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 1.Keys bayoni bilan tanishib chiqing.
2.“Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish yuritishi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflar, ularning mazmuniga alohida e’tibor qiling.
3.Pedagogik jarayonida aynan qanday holatlar sodir bo‘lishini o‘z faoliyatingiz misolida ham tahlil qilib ko‘ring.
4.Tahlil natijalariga ko‘ra “ijtimoiy pedagog” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflarni ajrating.
5.Yechimni bayon eting.
6.Yechimni juftlikda, kichik guruhlar va jamoada muhokama qiling.
Keysni yechish jarayoni: 1.Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada keys bayoni bilan tanishib chiqadi.
2.Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada “tarbiyasi og‘ir” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflar mazmuniga e’tiborni qaratadi.
3.Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada ta’lim jarayonida aynan qanday holatlar sodir bo‘lishini o‘z faoliyati misolida tahlil qilib ko‘radi.
4.Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada tahlil natijalariga ko‘ra “tarbiyasi og‘ir”, “tarbiyasi og‘ir o‘smir” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflarni ajratadi.
5.Talaba yechimni bayon eting.
6.Yechim individual holda, juftlikda, kichik guruhlar yoki jamoada muhokama qilinadi.
O‘qituvchining yechimi
Ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar: 1) Ijtimoiy pedagog tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish yuritishda ma’lum maqsadga qaratilgan vazifalarni bajaradi; 2) ijtimoiy pedagog faoliyati tarbiyasi og‘ir o‘smirni o‘rganishdan boshlanadi; 3) o‘smirning holatini tasavvur qiladi; 4) amaliy tadqiqotlar ta’lim tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va vazifalarini ochib beradi; 5) uning qiziqishlarini bilib oladi; 6) tarbiyani tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari haqidagi bilimlar bayon etiladi; Talabga zid ish qilmaslikka harakat qilishadi.
Назорат учун саволлар. 1. Мактаб ёшидаги болалар билан ижтимоий педагогик иш олиб боришниг хусусиятлари нималардан иборат?
2. Мактабнинг асосий ижтимоий вазифалари нималардан иборат?
3. Ўқувчиларнинг ижтимоийлашуви жараёнида тенгдошлар жамияти роли нималардан иборат?
4. Болалар субмаданиятининг аҳамияти нимада?
5. Ижтимоий педагогнинг тарбияси оғир ўсмирлар билан иш олиб боришини изоҳланг?
6. Ота-она қарамоғида бўлмаган болалар билан олиб бориладиган фаолиятга изоҳ?