Axmamat jumayev, surayyo sharipova


XIX-XX asr ma’rifatparvarlarining ijtimoiy qarashlari



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə11/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

XIX-XX asr ma’rifatparvarlarining ijtimoiy qarashlari
Eng avvalo, ma’rifatparvar pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik qarashlarining amaliy ahamiyati birinchi o‘ringa keng ommani ma’rifatli qilish va ta’lim masalalarini qo‘shib olib borganliklaridadir.
Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, ma’rifatparvar shoir Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari o‘zining uzoqni ko‘ra olishi va yuksak zakovati bilan ajralib turgan.
Olim Xalvon qishlog‘i hovlisida dehqon va hunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan. 1914 yilda eski kitob, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan savdo qiluvchi do‘kon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq maktablari tashkil etib, ularda o‘zbek, tojik, rus bolalariga ta’lim-tarbiya bergan. Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan.
Ma’rifatparvar va demokratik g‘oyalar XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘rta asr g‘oyalari: zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib, o‘zbek ma’rifatparvarlari yangi ta’lim maqsadlari, ideallari va tamoyillarini har tomonlama tarbiyalashga asoslangan (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o‘g‘il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.
O‘zbekistondagi demokratik pedagogik g‘oyaning taraqqiyparvar yo‘nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). U Sharq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o‘rganib, mumtoz o‘zbek adabiyoti ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o‘zbek pedagogikasiga qo‘shgan hissasi shuki, u ilk marotaba tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qo‘ya olgan.
Avloniy ma’rifiy g‘oyalarni ilgari surishi bilan bir qatorda, 1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochgan va bu yerda ona tilini o‘qitishning yangi usullarini qo‘llagan. Avloniy ta’lim-tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirishga harakat qilgan bo‘lib, bu olimning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida o‘z ifodasini topgan.
Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak, deb tushungan va o‘z qarashlarini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga krishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi.
XX asr boshidagi o‘zbek pedagogik g‘oyasini uch yo‘nalishga ajratish mumkin:
- ko‘proq hukmronlik qiluvchi o‘rta asr feodal klerikal yo‘nalishi;
- paydo bo‘layotgan milliy burjua yo‘nalishi (jadidchilik).
Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshi chiqib, o‘zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogik talablarini ilgari surganlar;
- demokratik taraqqiyparvar yo‘nalish. Demokratik pedagogika o‘rta asr maktablarini va tarbiyasini tanqid qilgan, inkor etgan va unga qarshi yangi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan.

1.2. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish


XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika, balki “ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo‘lishini ta’minladi.
Gʻarbiy Yevropa davlatlarida, ayniqsa, Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda, ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlandi. Biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlarning kasbiy faoliyatlarida ko‘p umumiy jihatlar mavjud bo‘lganligi sababli, bu tushunchalar bir kasbni anglatuvchi sinonim so‘zlar sifatida foydalaniladi. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo‘llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Bu toifa xodimlarning paydo bo‘lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarga ehtiyoj tug‘ilgani bilan bog‘liq.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor, ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. Bundan tashqari, “mehribonlik”, “xayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogikada, ham ijtimoiy ishda qo‘llanishi tasodif emas.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish, ularning maqsadlarini yaqinlashuviga va bir-birlarini to‘ldirishlariga olib keladi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, masalan, bolalar bog‘chalari va maktablarda, hozirda ham ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ish olib borishlari mumkin. Biroq ularning har biri o‘z maqsadlari va vazifalariga ega.
Ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglarlarning farqlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Bilim sohasiga ko‘ra: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa sosiologiya negizida shakllangan.
Amaliy faoliyatga ko‘ra ijtimoiy pedagoglar o‘z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyansalar, ijtimoiy xodimlar, asosan, ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanadilar.
Bu ikki g‘oya shuningdek, faoliyat ob’yekti bo‘yicha ham farqlanadi. Ijtimoiy ish ob’yekti insonning barqaror faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga kelib, ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo‘lishi, yoki insonga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar (kasallik va boshqa)ga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bu holda ijtimoiy ish ob’yekti o‘z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo‘lgan inson bo‘ladi.
Shunday qilib, ijtimoiy ish ob’yekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan insondir.
Ijtimoiy pedagogika ob’yekti esa bolaning ijtimoiy sub’yektga aylanishiga kerak bo‘ladigan yordamdir. Ijtimoiy xodim yordam ko‘rsatayotgan inson mijoz deyiladi. Ijtimoiy pedagogikada, odatda, “go‘dak”, bola” so‘zlari ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish”- insonlarning bir-biriga insoniy munosabatining namoyon bo‘lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinmoqda.
Ijtimoiy faoliyat insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini osonlashtirishga qaratilgan tizimli chora tadbirlardir. U mehribonlik va shunga o‘xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni, balki ehtiyojlarni qondirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal qilishga ham yordam berishi bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) tomonidan ko‘rsatiladigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu kasb egalari ancha obro‘-e’tiborga egadirlar. Biroq ijtimoiy xodimlarning maoshi butun dunyo miqyosida yuqori emas. Ehtimol, ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar sonining ham ko‘p emasligi sababi ham shundadir.
Ijtimoiy xodim ishini ham axloqiy burch, ham kasb desak bo‘ladi. Shu o‘rinda: “Ijtimoiy xodim o‘zi nima bilan shug‘ullanadi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Ijtimoiy ishning o‘ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmondning “Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo‘ldi. Bu mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy xodim odamlarni kambag‘allikdan halos etish bilan shug‘ullanmaydi, u kambag‘allikni umuman bartaraf etish uchun nima qilish haqida o‘ylaydi”, - deb yozilgan. Ijtimoiy ishda M. Richmonddan keyin izlanish, tashxis, davolash paradigmasi asosiy bo‘ldi.
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag‘ishlangan ilk yirik asarlardan birida I. Karpf (1931 yil) ijtimoiy ish o‘z rivojlanishida tayanishi lozim bo‘lgan fanlarni alohida ko‘rsatib o‘tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sosiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. Shundan buyon bu ro‘yxat deyarli o‘zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy xodim atamasi 1970 yildan buyon qo‘llanilmoqda. Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan mijoz, guruh bilan ishlash, yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlar, kambag‘allar, nogironlar, aqli ojizlar, aroqxo‘rlar bilan ishlash kabilar. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga nisbatan keng qarashlar shakllandi. Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to‘qnash keladilar. Bu muammolarga aroqxo‘rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog‘liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalaridir. Bu ixtisoslashuvga berilgan eng keng ta’rifdir. Ixtisoslashuv ijtimoiy xodimdan o‘z sohasida undan yordam so‘rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki yaxlit yondashuv yetakchi yondashuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy xodimlardan bir sohaga ixtisoslashuv, moslashuv, universallik, turli usullarni uyg‘unlashtira olish talab qilina boshlandi. Pedagogik va sosiologik nazariyalarning ahamiyati oshdi. Ijtimoiy ish sohasidagi tor ixtisosliklarning ko‘payishi bilan, ularning birlashishga bo‘lgan zarurat orta boshladi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy xodimlar bir vaqtning o‘zida bir qancha inson muammolarini hal qilishni amalga oshirish malakasiga ega bo‘ldi.
Butun dunyoda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga jiddiy yondashilmoqda. Unda milliy ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda, ya’ni Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvesariya va Yaponiyada o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga tayanadi. Ijtimoiy ishga oid barcha bilimlar shu sohaga oid ishlangan va boshqa sohalardan o‘zlashtirilgan bilimlarning yig‘indisidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sosiologiya, psixologiya fanlariga oid bilimlarga asoslanadi. Ijtimoiy xodimlar shaxs, ijtimoiy guruhlarning xulq-atvori, oila muammolari, hokimiyat, qo‘shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, ijtimoiy tabaqalanish, murakkab tuzilmalar, turli madaniy tizimlarning turlarini psixologiya va sosiologiyadan olganlar. Mijozlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi esa pedagogika, psixologiya va tibbiyot fanlari ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo‘lishi lozimligi talab qilinmoqda, shuning uchun ham bu kasb bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi borgan sari ortib bormoqda. Maxsus konferensiyalar tashkil qilinib, ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg‘or yutuqlarning almashinuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.

1.3. Ijtimoiylashuv-ijtimoiy pedagogik jarayon


Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga yetkazish, ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.



Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin