Axmamat jumayev, surayyo sharipova


O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə9/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi quyidagi omillar bilan izohlanadi. Jamiyat tarixini sinfiy kurashlar tarixidangina iborat deb izohlovchi, har qanday ijtimoiy fan faol ravishda sinfiy xarakterga ega deb tushuntiruvchi sobiq marksizm-leninizm metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishguncha pedagogika tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar tarixining nursiz bir nusxasi tarzida talqin etib kelishdi. Lekin, vaqt bu metodologik asosning yaroqsiz ekanligini qayta-qayta ko‘rsatdi. Vaholanki, qadimiy Turon, Movorounnahr, Turkiston va hozirda O‘zbekiston deb ataluvchi hududda yashab kelgan turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlar, xususan, o‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq ijtimoiy pedagogik merosini faqat jahon ilmi-fani va ijtimoiy pedagogika tarixi fani talablari asosida o‘rganib va tasnif etib talabalarga yetkazish mustaqillik davrining eng dolzarb masalasidir.

Burhoniddin o‘g‘li Nasriddin Rabg‘uziyning XIII asr oxiri XIV asr boshi “Qissasi Rabg‘uziyi” asarida zikr etilishicha, Nuh payg‘ambar Odam Atoning o‘ninchi bo‘g‘ini bo‘lib, uning to‘rt o‘g‘li bir qizi bo‘lgan. O‘g‘illarining birinchisi Som, ikkinchisi Xom, uchinchisi Yofas, to‘rtinchisi Kanan bo‘lgan. Keyinchalik Som hind xalqining otasi bo‘lgani uchun Abulhind, Xom forsning otasi bo‘lgani uchun Abulfors nomi bilan ataganlar. Xulqu-odob bobida ota mehrini uyg‘otgan Yofasga esa hokimlik qilish uchun Turkiston berilgan. Shuning uchun ham bu yurt uning sharafiga Abulturk-Turkning otasi demakdir.
Ana shu fikr Temurning “Zafar yo‘li” asarida ham o‘z isbotini topgan. Unda “Bizning ajdodimiz Abulturk Yofasning o‘g‘li Nuhning nabirasi va turklarning buyuk xoni erdi”1, deyilgan. Eslatib o‘tganimizdek, “Amir Temur vasiyati kitobi”ning 3-betida bu fikr mazmunan quyidagicha chuqurlashtirilgan, boyitilgan:
Biz kim Mulki Turon,
Amir Turkistonimiz.

Biz kim, millatlarning,

Eng qadimgi va ulug‘i,


Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin