Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Talabalar uchun ko‘rsatmalar



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə96/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
  1. Keys bayoni bilan tanishib chiqing.


  2. “Giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, ichkilikbozlik-deviant xulqning namoyon-bo‘lish shakli sifatida” mavzusining mohiyatini yorituvchi ta’riflar, ularning mazmuniga alohida e’tibor qiling.


  3. Pedagogik jarayonida aynan qanday holatlar sodir bo‘lishini o‘z faoliyatingiz misolida ham tahlil qilib ko‘ring.


  4. Tahlil natijalariga ko‘ra “deviant xulq-atvor” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflarni ajrating.


  5. Yechimni bayon eting.


  6. Yechimni juftlikda, kichik guruhlar va jamoada muhokama qiling.





Keysni yechish jarayoni:
  1. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada keys bayoni bilan tanishib chiqadi.


  2. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada “deviant xulq-atvor” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflar mazmuniga e’tiborni qaratadi.


  3. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada ta’lim jarayonida aynan qanday holatlar sodir bo‘lishini o‘z faoliyatingiz misolida tahlil qilib ko‘radi.


  4. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada tahlil natijalariga ko‘ra “deviasiya”, “deviant xulq”, “deviant xatti-harakat” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflarni ajratadi.


  5. Talaba yechimni bayon eting.


  6. Yechim individual holda, juftlikda, kichik guruhlar yoki jamoada muhokama qilinadi.




O‘qituvchining yechimi

Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant xulqni va harakatlarni vujudga keltiruvchi qator omillar mavjud. Jumladan: 1) Xorijlik pedagog va psixolog olimlar xulq og‘ishini “deviant” atamasi bilan nomlab, uni jinoiy (kriminal), delinkvent (jinoyatgacha bo‘lgan) va axloqsiz (amoral) xulq-atvor kabi tiplarga ajratadi; 2) Bolalar va o‘smirlarda o‘qishga, bilim olishga nisbatan qiziqishning yo‘qligi ularning ruhiy-ma’naviy olamiga, xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 3) Maktab tartib-qoidalarini buzuvchi, sust o‘zlashtiruvchi, sinfdoshlari, o‘qituvchilari bilan tez-tez tortishib, janjal chiqaruvchi va “ikkichi” o‘smirlar ko‘pincha shu tipdagi to‘daga qo‘shilib ketadilar. Oqibatda ular keyinchalik katta yoshdagi kriminogen xulqli, ilgari sudlangan kishilarning sherigiga aylanishi mumkin; 4 Deviant xulqning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, xulq og‘ishi makro va mikromuhitdagi, jumladan oila, ta’lim muassasasi, mahalla, ishlab chiqarish jamoalaridagi nosog‘lom psixologik muhit, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoit va turmush tarzining yomonligi asosiy omillardan ekanligi ma’lum bo‘ldi; 5) Ijtimoiy tengsizlik deviant xulqning yana bir asosiy sabablaridan biridir. Har bir insonning fundamental, asosiy ehtiyojlari juda o‘xshash bo‘ladi, biroq ularni qondirish imkoniyati turli ijtimoiy qatlam vakillari (o‘ziga to‘qlar va nochorlar)da turlichadir.



Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin