Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Antropogenez haqidagi hozirgi zamon fani



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə131/205
tarix21.10.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#158325
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   205
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

2-§. Antropogenez haqidagi hozirgi zamon fani
Antropogenez nazariyasi fanlararo tadqiqotlar sohasi sifatida
Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy nazariyasi endilikda tor tarmoq sohasi emas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarning tutashuv chegarasidagi majmuaviy fanlararo tadqiqotlardan iborat.
Bugungi kunga kelib fan odamning kelib chiqish jarayonini muayyan darajada tiklash imkonini beruvchi ko‘p sonli ma'lumotlarni to‘plagan. Ushbu muammoni hal etishda arxeologiya va antropologiyadan tortib to molekulyar biologiya hamda atom fizikasigacha bo‘lgan ko‘plab fanlar ishtirok etmoqda.
Hozirgi zamon tasniflari ma'lumotlariga ko‘ra, odam turiga, umurtqalilar kichik turiga, sut emizuvchilar sinfiga, primatlar guruhiga, gominoidlarning katta oilasiga, gominidlar oilasiga, Homo turiga mansubdir.
Odamning hayvondan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalillar qiyosiy anatomiya, fiziologiya, embriologiya, paleontologiya, genetika fanlari bergan ma'lumotlarga suyanadi. Barcha tirik organizmlarda hujayra tuzilishi, odam va hayvonlarning skeletlarining hamda a'zolarining o‘xshashligi, odamdagi rudimentar a'zolar (kopchik umurtqalar, ohirgi jag‘ tishlar, ko‘richak va hokazo hammasi bo‘lib 90dan ortiq), atavizmlar (jabra yorig‘i, tananing to‘liq jun bilan qoplanishi va boshqalar), inson embrionida hayvonot dunyosiga xos evolyusiya bosqichlarining takrorlanishi va hokazo.
Odam hozirgi zamon biologiya fani tomonidan yaxshi o‘rganilgan primatlar bilan eng ko‘p genetik va anatomo-fiziologik o‘xshashlik­lar­ga egadir. Odamning primatlardan kelib chiqqanligi paleoantro­po­lo­giya tomonidan ham qazishmalar chog‘ida topilgan gominidlar va antro­po­idlar shakllarini morfologik tahlili asosida tasdiqlanadi. Molekulyar biologiyaning so‘nggi yillardagi yutuqlari odam bilan primatlarning nasli bir ekanligini ko‘rsatuvchi yangi dalillarni aniqladi. Ma'lumki, yaqinda inson genomi sirlari ochildi va e'lon qilindi. Genetika bergan ma'lumotlarga ko‘ra genlar bo‘yicha biz insonning hozir yashayotgan qarindoshlaridan eng yaqini bo‘lgan shim­pan­zedan atigi 1% dan sal ortiqroq farqqa egamiz. DNK molekulalari nukleotid izchilligining o‘zgarish tezligiga asoslangan ma'lumotlarga ko‘ra («molekulyar soatlar» metodi) bizning hozirgi maymunlar bilan ajdodimiz bir bo‘lgan. Ularning ajdolari bilan odamga kelib tuta­shuv­chi gominid liniyaning ajralish bundan 5-7 mln yil ilgari yuz bergan. Agar shimpanze nazarda tutilsa, u holda bu divergensiya 5 mln yil ilgari bo‘lgan, gorillalar va orangutanlar ildizlarining ajralishi esa undan ham oldinroq ro‘y bergan335.
Antropogenez nazariyasida topilgan suyak qoldiqlari va tosh artefaktlarning sanasini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda fizika va ximiya yordamga keladi. Zamonaviy tabiiy-ilmiy usullardan (uranning spontan bo‘linishi treklari bo‘yicha sanani aniqlash, kaliy-argonli, paleomagnit, termolyuminessent usullar) antropogenezning mutlaq xronologiyasini yaratishgda muhim rol o‘ynaydi. Arxeologik topilmalarning mikrotuzilmasini o‘rganishda fizikaviy-kimyoviy usul­lardan (rentgen nurlanishi, elektron mikroskopiya) ham foydalaniladi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin