Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə163/205
tarix21.10.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#158325
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

2-§. Xristianlik
Xristianlik (grekcha so‘zdan kelib chiqqan: «Xristos – «muqaddas yog‘ surilgan shaxs», «masih», xaloskor degani) I asrda Falastinda paydo bo‘ldi. Eng avval Falastin va O‘rta yer dengizi bo‘ylarida yashagan yahudiylar orasida tarqalib, dastlabki o‘n yilliklardayoq boshqa xalqlar («majusiylar»)dan tobora ko‘proq muxlislar orttirdi. V asrgacha xristianlik asosan Rim imperiyasining jug‘rofiy hududida, shuningdek uning siyosiy va madaniy ta'siri doirasida (Armaniston, sharqiy Suriya, Habashiston), keyinchalik (asosan birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida) german va slavyan xalqlari orasida, keyinroq (XIII-XIV asrlarga kelib) boltiq va fin-ugor xalqlari orasida ham tarqaldi. Yangi va Eng yangi davrda xristianlikning yevropadan tashqarida tarqalishi mustamlakachilik harakatlari va missionerlarning faoliyati tufayli sodir bo‘ladi. Butun dunyoda xristianlikka e'tiqod qiluvchilar soni 1mlrd. kishidan oshadi (jahon aholisining qariyb 28 foizi), bundan 475 mln.ga yaqini yevropada, 250 mln.ga yaqini Lotin Amerikasida, 155 mln.ga yaqini Shimoliy Amerikada, 100 mln.ga yaqini Osiyoda, 110 mln.ga yaqini Afrikada istiqomat qiladi. Bulardan 660 mln.ga yaqini katoliklar, 300 mln.ga yaqini protestantlar (sektalari bilan birgalikda, ular orasida 42 mln. metodistlar va 37 mln. baptistlar bor), pravoslavlar va Sharq «noxalkidon» diniy e'tiqodlariga ergashuvchilar (monofisitlar, nestorianlar va h.k.) 120 mln. kishiga yaqin405.
Xristianlik yahudiylikda pishib yetilgan mutlaq barakat va marhamat, mutlaq bilim va mutlaq qudrat egasi bo‘lmish yagona Xudo g‘oyasini rivojlantirdi. Ya'ni barcha jonzotlar va ashyolarni u yaratgan, hamma narsa ilohiy irodaning moneliksiz mayl-ixtiyori bilan vujudga kelgan.
Xristianlik ta'limotiga ko‘ra, inson Xudoga «qiyofadoshlik va o‘xshashlikni» ifodalovchi sifatida yaratilgan. Biroq dastlabki odamlar tomonidan sodir etilgan osiylik odamga ilk gunoh tamg‘asini bosib, insonning xudoga o‘xshashligini, ya'ni pokligini barbod qildi. Xristos chormixga tortish azoblarini va o‘limni qabul qilib, butun odamzod uchun aziyat chekib, odamlarning «gunohini yuvgan». Shu sababli xristianlik azob-uqubatning, inson o‘z istaklari va ehtiroslarini har qanday tarzda cheklashining poklovchilik ahamiyatini ta'kidlaydi: «o‘z krestini qabul qilar ekan» inson o‘zidagi va atrof muhitdagi yovuzlikni yengishi mumkin. Bu bilan inson xudoning amrini bajo etibgina qolmay, balki uning o‘zi ham o‘zgaradi va Xudo sari yuksalishga musharraf bo‘ladi, unga yaqinroq bo‘lib qoladi. Xristian kishining taqdiri, uning Iso o‘zini qurbon qilganligini to‘g‘ri deb hisoblashi – oqlashi ana shundandir.
1054 yilda pravoslav va katolik cherkovlarining bo‘linishi yuz berdi.


Pravoslavie – xristianlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tarixiy jihatdan uning sharqiy tarmog‘i sifatida shakllangan. U asosan Sharqiy yevropa, Yaqin Sharq mamlakatlarida, Balqonda tarqalgan. Pravoslaviening teologik asoslari Vizantiyada shakllangan bo‘lib, bu yerda pravoslavie IV – XI asrlarda hukmron din edi.
Muqaddas kitob (Bibliya) va Muqaddas rivoyat (IV – VIII asrlardagi yettita Dunyo xristianlari yig‘inining qarori), shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust singari eng e'tiborli yirik cherkov arboblarining asarlari diniy ta'limotning asosi sifatida e'tirof etilgan. Diniy ta'limotning asosiy qoidalarini shakllantirish cherkovning ana shu rahnamolari zimmasiga tushgan.


Katolitsizm xristianlikning ikkinchi yirik yo‘nalishidir. «Katolitsizm» so‘zi umumiy, butun dunyoga oid degan ma'noni anglatadi. Uning ibtidosi, rivoyatga ko‘ra Rimdagi, apostol (havoriy) Pyotr birinchi yepiskop bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan xristian jamoasidan boshlanadi. Xristianlikda katolitsizmning ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy qismlari o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy tafovutlar kuchaygan va chuqurlashgan paytda, III asrdayoq boshlangan.
Katolitsizm xristian dinining yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqidalari va marosimlarini tan oladi, lekin diniy ta'limotda, ibodatda tashkiliy tuzilishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Butun xristianlikda bo‘lgani singari Muqaddas kitob va Muqaddas rivoyat katolik diniy ta'limotining asosi hisoblanadi. Biroq pravoslav cherkovidan farqli ravishda katolik cherkovi faqat yettita dastlabki Dunyo xristianlari yig‘inining emas, balki keyingi barcha yig‘inlarning ham qarorlarini, bundan tashqari – papaning maktublari va qarorlarini Muqaddas rivoyat deb hisoblaydi. Katolik cherkovining tashkiliy tuzilishi qat'iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Rim papasi – bu cherkovning rahnamosi. U e'tiqod va axloq masalalariga doir qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning irodasi Dunyo xristianlari yig‘ini irodasidan yuqoridir.
XVI-XVII asrlardagi Refarmatsiya jarayonlari natijasida protestant cherkovlari (lyuteranlik, kalvinizm, anglikanlik va boshqalar) paydo bo‘ldi. Ular Shimoliy va Markaziy yevropa (Buyuk Britaniya, Skandinaviya, Germaniya va boshqa) mamlakatlarida, keyinroq esa Shimoliy Amerika (AQSh, Kanada), Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarda eng ko‘p tarqalgan.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin