Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Falsafiy fikr tarixida inson muammosi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə133/205
tarix21.10.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#158325
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   205
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

1-§. Falsafiy fikr tarixida inson muammosi
Antik falsafada inson
Antik falsafa insonga mikrokosm, kosmosning bir qismi, ya'ni makrokosm – umuman dunyo bilan doimiy aloqada bo‘lib turuvchi qism sifatida qaragan. Aynan ana shu antik davrda «O‘z-o‘zingni o‘rgan» degan so‘zlar aytilgan edi (Suqrot).
Suqrotning shogirdi Aflotun (eramizgacha bo‘lgan 428-347 yillar) insonning ruhi o‘lmaydi, u har gal yangi tanaga ko‘chib o‘tadi, deb taxmin qilgan edi. Insonning o‘zini o‘rab turgan atrof dunyoni o‘rganishga urinishi – bu ruhning tanga kirgunga qadar mushohada etgan abadiy g‘oyalar olami haqidagi xotirotlaridir. Aflotun uchun inson ideali - donishmand, faylasuf bo‘lib, uning ruhi ko‘p «sayr qilgan» va shu sababli uning bilimlari eng to‘g‘ri va qimmatlidir. Bunday komil faylasufni Arastu «o‘zini tafakkur etuvchi tafakkur» deb atagan edi.
Inson haqidagi ta'limotni rivojlantirishga antik materialistlar Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. Ularning qarashlariga ko‘ra, inson hayotining maqsadi - ongli lazzatlanish, azob-uqubutlarga chap berish, ruhning sokin va tinch holatiga erishishdir. Shu sababli ular falsafaning asosiy vazifasi insonga baxtli bo‘lish yo‘lini ko‘rsatishdan iborat deb hisoblaganlar. Ularning fikricha, jon ayrim atomlardan tashkil topgan va o‘limga mahkum, tana halokatga uchragandan so‘ng atomlar yemiriladi. Inson o‘limdan qo‘rqmasligi kerak, zero toki u hayot ekan - o‘lim yo‘q, o‘lim kelganda esa inson yo‘q bo‘ladi.
Umuman olganda antik falsafa «Inson nima?» degan savolga javob bermadi, balki ana shu savolni kun tartibiga qo‘ydi.

O‘rta asr falsafasida inson
O‘rta asr falsafasi asosan diniy falsafa o‘laroq, insonni unda ikki negiz: oliy (ruh) va past (tan) bir-biri bilan uzluksiz kurash olib boruvchi mavjudot sifatida qaradi. O‘rta asr yevropa diniy falsafasining «otasi» Avreliy Avgustin Avliyo insonning mohiyatini aynan ruh va faqat u tashkil etadi, deb hisoblandi. Tana esa vaqtinchalik qobiqdan, ruh qamalgan joydan, ruh «zindoni»dan boshqa narsa emas. Foma Akvinskiy­ning fikriga ko‘ra odam ruh bilan tanning uyg‘un birligidan iborat va bu hol uni quyi, hayvoniy dunyo bilan oliy, ilohiy, farishtalar olami o‘rtasida arosatda qolgan mavjudot qilib qo‘yadi. Unda jismoniylik qancha ko‘p bo‘lsa, u hayvonga shunchalik yaqinlashadi, ruhiyat qancha ko‘p bo‘lsa u shuncha farishtalarga yaqinlashadi.
O‘rta asr sxolastikasi vakillari (Buyuk Albert, Anselm Kenterberiyskiy) nuqtai nazariga ko‘ra insonning asosiy vazifasi o‘z mohiyatini anglash emas, balki yanada yuqori – ilohiy mohiyatga qo‘shilishga intilishdir. O‘z-o‘zidan ayonki, inson ruhi boqiydir va inson yerdagi butun hayoti davomida faqat uni qutqarish to‘g‘risida o‘ylashi kerak.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin