Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Urush va tinchlik muammolari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə183/202
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#122287
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202
Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

1-§. Urush va tinchlik muammolari

Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.


Bu o‘tmishdagi barcha mutafakkirlar urushni xuddi shunday qabul qilgan degani emas. Erazm Rotterdamskiy, J.J.Russo, I.Kant, M.V.Lomonosov va boshqa ko‘plab mutafakkirlar urushga qanday munosabatda bo‘lganlari yaxshi ma'lum. XIX-XX asrlarda tinlik uchun kurash patsifizm, ya'ni urush va militarizm bilan bog‘liq barcha narsalarni to‘liq inkor etish tusini oldi.
Ta'kidlab o‘tish zarurki, asrdan asrga urushlar tobora dahshatliroq va qirg‘in bo‘lib borgan. yevropada XVII asrda urushlarda 3 million odam halok bo‘lgan, XIX asrda - 5,2 mln (ularning 2 mlnga yaqini Napoleon urushlarida). XX asr bu borada barcha asrlarni ortda qoldirdi. Birinchi jahon urushida 10 millionga yaqin, ya'ni ilgarigi 200 yil davomida yuz bergan urushlarda qancha odam o‘lgan bo‘lsa shuncha kishi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi 60 million kishining yostig‘ini quritdi. Unda 61ta davlat ishtirok etdi va mustamlakalarni ham hisobga olganda yer shari aholisining 80%ni qamrab oldi. Jangovar harakatlar yevropa, Osiyo, Afrikaning 40 ta davlati hududida, to‘rtta okeanning akvatoriyalarida olib borildi.
Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod, neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda to‘plangan qurol-yarog‘lar zahirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun yetarlidir. Aytish mumkinki, urush va tinchlik muammosi - bu «zamonaning tarixiy jihatdan birinchi global muammosidir va hozirga qadar global muammolar ro‘yhatida birinchi o‘rinda turuvchi eng xavfli va orqaga surib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda»449. «Sovuq urushning» tugatilishi, bloklarning harbiy-siyosiy qarama-qarshiligining bartaraf etilishi, xalqaro vaziyatning umumiy yaxshilanishi urushni ongli ravishda boshlanish xavfini ancha kamaytirdi. Biroq uning tasodifan boshlanib ketish xavfi saqlanib qolmoqda. Shu sababli ushbu global muammo faqat global qurolsizlanish va birinchi navbatda, ommaviy qirg‘in qurollarining yo‘q qilinishi orqali hal etilishi mumkin.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin