Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Terrorizm hozirgi zamon global muammosi sifatida



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə188/202
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#122287
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   202
Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

7-§. Terrorizm hozirgi zamon global muammosi sifatida

«Terrorizm» tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «terror» - qo‘rquv, dahshat demakdir. Dastlab terror siyosiy ta'sir metodi sifatida Ulug‘ fransuz inqilobi davrida radikallar tomonidan siyosiy raqiblarni qo‘rqitish maqsadida qo‘llanilgan. Boshqacha qilib aytganda, terrorizm – bu to‘g‘ridan to‘g‘ri kuch ishlatish metodi orqali siyosiy muammolarni yechishning o‘ziga xos usulidir.


Terror davlatning o‘z raqiblariga nisbatan qarshi qo‘llanilishi bilan birga, shuningdek maxfiy tashkilot va guruhlarning davlatga nisbatan qarshi qo‘llanilishi mumkin. Birinchi holatda gap repressiv (jazo) davlat terrori haqida boryapti. Keng ko‘lam­da u fashistik davlatlarda (XX asrning 30 – 40 yillarida Germaniyada, 20–40 yillarda Italiyada, 30 – 60 yillarda Ispa­niyada va h.), bir qator kommunistik diktaturalarida (20-yillarning «qizil terrori», 30 – 50-yillarda SSSRdagi Stalin repressiyalari, 40 – 60-yillarda Xitoydagi Maoist repressiyalari va h.), Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida harbiy va diktatorlar tomonidan qo‘llanilgan.
Ikkinchi holatda gap haqiqiy ma'nodagi terrozizm haqida boryapti, qaysiki oppozitsion, davlatga qarshi, maxfiy, aniq bir maqsadga qaratilgan, boshqariladigan, mafkuraviy faoliyatni kuch ishlatish orqali o‘zida namoyon qiladi. Terroristlarning qurbonlari tasodifiy yoki ataylab tanlangan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Terroristik aktlar ma'lum bir guruhlarni (yoki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish uchun yoki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi.
Terrorizmning mohiyatini anglash uchun odatda 3ta uning asosiy tomonlariga e'tibor qaratiladi: harbiy, jinoiy va siyosiy. Harbiy muammo sifatida terrorizm qurolli harakatlarningg alohida, spetsifik turi sifatida ko‘riladi va «past (sust) intensivli qurolli to‘qnashuv» tarzida belgilanadi.
Jinoiy muammo sifatida terrorizm alohida xavfli qattiq jinoyat turidir. Nihoyat, uchinchi pozitsiyada terrorizm siyosiy kurash sifatida ko‘riladi, qaysiki ma'lum bir tuzumlarga yoki davlat hokimiyatining aniq, u yoki bu harakatlariga qarshi ijtimoiy-siyosiy norozilik asosida shakllanadi.
Siyosiy terrorizm – siyosiy tizimning yo‘nalishini o‘zgartirishga har qanaqa terroristik harakatdir. Bunda siyosiy terrorizmning haqiqiy ko‘rinishlari davlat rahbarlarining o‘ldirilishi hisoblanadi: Djon Kennedi (1963 yil), Anvar Sadat (1981 yil), Indira Gandi (1984 yil), Radjiv Gandi (1986 yil) va h.
Ijtimoiy terrorizm. Ijtimoiy terrorizm chuqur ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar asosida shakllanadi. U 2 asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: chap (so‘l) terrorizm («revolyusion», «qizil») va o‘ng (reaksion, konservativ) terrorizm (kontrrevolyusion, fashistik oqim, «qora» yoki «jigar rang»). Chap terroristlar ultrarevolyusion nazariyaga asoslanadilar (anarxizm, trotskizm, maoizm va h.) va odatda hukmron tuzum bilan bog‘liq shaxslarni, ya'ni yirik davlat arboblari, qurolli va huquq-tartibot tashkilotlarining hamda davlat havfsizligining hukmron partiyalarining xizmatchilari va hokazolarni o‘zlariga yo‘qotishni asosiy maqsad qilib qo‘yadilar. Chap oqimning tipik ko‘rinishi»: chor Rossiyasining eser va anarxistlari, «Qizil brigada» (Italiya), Lotin Amerikadagi bir qator harakatlar («Sendero luminoso» va h.). O‘ng terrorizm odatda hukmron tuzumning radikal himoya usullari bilan, yach'ni o‘ng, liberal, demokratik ruhda bo‘lgan siyosiy arboblarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. O‘ng oqimning tipik ko‘rinishi: chor Rossiyasining qoraguruhchilari, neofashistlar, AQShdagi Ku-Kluks-Klan, Lotin Amerikadagi «o‘lim eskadroni» va h.
Etnik terrorizm. Etnik terrorizm radikal guruhlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, etnik mayda millatlar vakillaridan iborat. U o‘ziga xos muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, bir necha shaklda namoyon bo‘ladi:
Etnoseparatistik terrorizm – avtonomiyani kengayishiga, suverenitetni himoya qilishga yoki etnik mayda millatlar istiqomat qiluvchi hududlarga to‘la mustaqillikni berishga kurashayotgan guruhlar tomonidan amalga oshirilladi. Bularga: ETA (bask terroristik tashkiloti), IRA (Irlandiya respublika armiyasi), KMOF (Korsikaning milliy ozodlik fronti), AMAA (Armanistonnning maxfiy arman armiyasi), ShTMRF (Sharqiy Turkistonning milliy-revolyusion fronti), KIP (Kurd ishchi partiyasi) va h.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin