O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069 - son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to`g`risidagi” nizomga muvofiq ishlab chiqildi.
Baholash usullari
|
Ekspress testlar, yozma ishlar, og`zaki so`rov, prezentatsiyalar va boshqalar
|
Baholash mezonlari
|
“5” baho (a`lo) - xulosa va qaror qabul qila olish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita bilish; olgan bilimlarini amalda qo`llay olish ko`nikmalariga ega bo`lish; mavzular mohiyatini to`la bilish va aytib bera olish; tasavvur va fikrlashga ega bo`lish; fanga oid termin va tushunchalarni izohlay olish;
“4” baho (yaxshi) - mustaqil mushohada yurita olish; auditoriyada olgan bilimlarini amalda qo`llay ola bilish; Kimyo o`qitish metodikasi mohiyatini tushunish; mavzular mohiyatini bilish, aytib berish;
iqtisobiy tasavvur va fikrlashga ega bo`lish; fanga oid termin va tushunchalarni izohlay olish.
“3” baho (qoniqarli) – Kimyo o`qitish metodikasi fani mohiyatini tushunish; mavzular mohiyatini bilish, aytib berish; kimyoviy tasavvurga ega bo`lish; fanga oid termin va tushunchalarni izohlay olish.
“2” baho (qoniqarsiz) - Kimyo o`qitish metodikasi va hodisalar mohiyatini tushunib yetmaslik; aniq iqtisobiy tasavvurga ega bo`lmaslik; fanga oid termin va tushunchalarni izohlay bilmaslik.
|
Baholash turlari
|
Baholash
|
O`tkazish vaqti
|
Joriy nazorat:
|
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to`g`risidagi” nizomga muvofiq
|
Semestr davomida
|
- talabani oraliq nazorat turi bo`yicha baholashda, uning o`quv mashg`ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
|
Oraliq nazorat:
|
|
- ma`ruza o`qituvchisi tomonidan qabul qilinadi;
- oraliq nazorat yozma ish shaklida olinadi;
- oraliq nazorat mavzulari kafedraning etakchi professor-o`qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi;
- yozma shaklda olingan oraliq nazorat javobi 3 kun ichida jurnal va elektron tizimda aks ettilishi hamda talabalarga etkazilishi shart;
- talabaga oraliq nazorat turidan “2” (qoniqarsiz) baho olsa, unga 2 (ikki) martagacha qayta topshirishga imkoniyat beriladi;
- oraliq nazorat turini topshiraolmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha “2” baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi;
- oraliq nazoratni o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartibi buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o`tkaziladi.
|
Semestr davomida fan mavzulari
55%-60% bajarilgandan so`ng
|
Yakuniy nazorat
|
|
- yakuniy nazorat turi otkaziladigan kuniga qadar talabalar joriy va oraliq ballari yig`indisidan habardor bo`lishi shart;
- Tuzilgan va tasdiqlangan komissiya a`zolari tomonidan qabul qilinadi;
- mazkur fan bo`yicha yakuniy nazorat semestrning oxirgi haftasi mobaynida o`quv-uslubiy boshqarma tomonidan tuzilgan qat`iy jadval asosida belgilangan auditoriyada og`zaki shaklida o`tkaziladi;
- og`zaki shaklda olingan yakuniy nazorat javobi shu kunning o`zida jurnal, elektron tizim va qaydnomalarda aks ettilishi hamda talabalarga etkazilishi shart.
|
semestr
davomida ajratilgan soatlar to`liq bajarilgandan so`ng
|