jadval Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari (foiz hisobida)
Manbalar
01.01.1987
01.01.1990
01.01.1995
01.01.1999
1.
O`z aylanma mablag`lari
25
30
39
52
2.
Bank kreditlari
50
40
36
28
3.
Kreditor qarzlar
14
16
15
14
4.
Boshqa manbalar
11
14
10
6
Jami
100
100
100
100
Jadval ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, oxirgi yillarda aylanma aktivlarning manbasidagi korxonaning o`z aylanma mablag`lari salmog`i oshib bormoqda. 80-yillardan aylanma mablag`larning 50 foizdan ortig`i bank krediti hisobidan tashkil qilingan bo`lsa, 90-yillarning oxiriga kelib korxonaning o`z mablag`lari miqdori 52 foizni tashkil qilgan. Bu ko`rsatkich xo`jalik faoliyatini olib borish mustaqilligidan dalolat beradi.
Xo`jalik subyektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quyidagilar bilan ifodalash mumkin:
Kreditning xo`jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag`larni iqtisod qilishga olib keladi.
Kredit xo`jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog`liq bo`linishlarning oldini olishga yordam beradi.
Kredit ishlab chiqarish, tayyorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi.
Kredit o`z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Bank korxonalarga kredit berish yo`li bilan ularning faoliyatini yaxshilanishiga ta`sir ko`rsatadi.
Aylanma aktivlarning uchinchi manbasi - kreditor qarzlardir.
Kreditor qarz shaklidagi mablag`lar korxonaga tegishli bo`lmagan mablag`lar bo`lsa-da, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. Shu tufayli ular aylanma aktivlarning manbai hisoblanadi. Kreditor qarzlarga quyidagilar kiradi:
Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblar.
Budjet bo`yicha qarzlar.
Mehnatga haq to`lash bo`yicha qarzlar.
Ijtimoiy sug`urta va ta`minot bo`yicha qarzlar.
Mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yicha qarzlar.
Budjetdan tashqari to`lovlar bo`yicha qarzlar.
Shu`ba korxonalariga qarzlar.
Uyushma korxonalariga qarzlar
Boshqa kreditorlar.
Aylanma aktivlarning boshqa manbalariga moddiy rag`batlantirish fondi va boshqa fondlar qoldiqlari kirishi mumkin. Korxonalarning moliyaviy ahvoli ijobiy bo`lsa, u o`z vaqtida bank kreditini to`lashi, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilishi, ish haqini to`lashi, budjetga to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishi mumkin.
Korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashganda to`lanmagan qarzlar hosil bo`ladi. To`lanmagan qarzlar:
a) bank kreditlari bo`yicha;
b) mol yetkazib beruvchilarga o`z vaqtida to`lanmagan qarzlar;
v) ish haqi bo`yicha to`lanmagan qarzlar va boshqalar bo`yicha yuzaga keladi.
To`lanmagan qarzlarning yuzaga kelish sabablari korxona ko`zlagan rejalarining amalga oshirilmaganligi, aylanma aktivlardan foydalanishida samaraga erisha olmaslik va boshqalar bo`lishi mumkin.
Aylanma aktivlardan foydalanishda bo`ladigan kamchiliklar:
Korxonalar o`z aylanma mablag`lari bilan yetarli ta`minlanmagan sharoitida;
Aylanma aktivlar aylanishi sekinlashganda;
Korxonada talabdan ortiqcha tovar moddiy boyliklar zaxiralari yig`ilib qolganda;
Aylanma aktivlar ko`zda tutilganidan boshqa maqsadlarga ishlatilganda yuzaga keladi.
Korxona o`z aylanma aktivlarining holatini, ularning samaradorlik ko`rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish lozim.
Aylanma aktivlardan foydalanishning samaradorlik ko`rsatkichlari bo`lib:
a) aylanma aktivlarning kunlarda aylanishi;
b) aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti;
v) korxonaning o`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi;
g) korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari kabi asosiy ko`rsatkichlar va bir necha qo`shimcha ko`rsatkichlar mavjud.
1. Aylanma mablag`(aktiv)larning kunlarda aylanishi (Ak.a.) aylanma mablag`lar bir marta aylanishi (ya`ni P-T...i/ch...T`-P`gacha) uchun necha kun ketganligini tavsiflaydi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi.
Bu yerda: Ao`.q. - Aylanma mablag`(aktiv)larning o`rtacha qoldig`i
K - hisoblanayotgan davrning kunlar soni (90 kun, 180 kun, 360 kun)
S - sotuv hajmi.
Aylanma aktivlarning kunlarda aylanish sonining qisqarishi ular aylanishining tezlashuvidan, bu o`z navbatida sotuv hajmi va foydaning ko`payishidan, aksincha holat esa, korxonaning moliyaviy ahvolining tangligidan dalolat beradi.
2. Aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti (Ka) ma`lum bir davr (1 yil, 6 oy, 1 oy) ichida aylanma aktivlari necha marta aylanganidan dalolat beradi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
Aylanma aktivlar ma`lum bir davr oralig`ida qancha ko`p aylansa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi, ya`ni shuncha marta daromad olishga erishish mumkin. Har bir xo`jalik subyekti o`zida mavjud bo`lgan aylanma mablag`larning tezroq aylanishini ta`minlashi lozim. Bu esa korxona tushumining ko`payishiga, uning mol yetkazib beruvchilar, budjet, bank va boshqa subyektlar oldidagi majburiyatlarini o`z vaqtida bajarishga imkon yaratadi.
3. Aylanma aktivlarning samaradorligini ifodalovchi keyingi ko`rsatkich - korxonaning o`z aylanma mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi yoki muxtoriylik koeffitsiyenti (Km)dir. Bu ko`rsatkich korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqillik darajasini ko`rsatib, o`z mablag`lari manbalarini korxona balansining jami passiviga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.
O`zMM - o`z mablag`lari manbasi (balans 390 qator);
Bp - balans passivi (550 - qator).
Korxonaning o`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik darajasi 30 foiz dan kam bo`lmasligi lozim. Agar bu ko`rsatkich 60 foizdan yuqori bo`lsa, kreditlash bo`yicha risk minimal bo`lishi mumkin.
4. Korxona oborotida mavjud bo`lgan o`z aylanma mablag`lari miqdori korxonaning likvidliligini ifodalashi mumkin.
Bu ko`rsatkich (HMA) quyidagicha aniqlanadi: