Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilari, soliq obyekti, soliq bazasi, stavkasi va to’lash muddatlari.
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya bo‘yicha undirish tartibi.
Qo’shilgan qiymat solig’ining mohiyati, soliq to’lovchilari, soliq obyekti va stavkalari.
1. Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
2. Daromaddan olinadigan soliqlar.
3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilariga quyidagilar kiradi:
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Soliq Kodeksning “Jami daromad” bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad aylanmadan olinadigan soliq obyektidir, bundan ushbu Kodeksning “Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar” moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog‘ida inobatga olinmaydigan daromadlar kiritilmaydi.
Soliq Kodeksning 463- moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bunda quyidagilar kiritilmaydi:
1) O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar;
2) soliq agentida soliq solinishi lozim bo‘lgan dividendlar;
3) qaytariladigan ko‘p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo‘lsa;
4) tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning 15 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etsa. Va boshqalar.
Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to`lovchilar turlari va ularning tarkibiga ko`ra bir biridan farq qiladi. Quyida ulardan ba’zi birlarni keltirib o`tamiz:
bojxona brokyerlari
5
Lombardlar
25
Brokerlik idoralari, shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomalari ishlari bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar hamda telekomunikatsion provayderlar
25
Sug‘urta agentlari, shuningdek sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori va tovar-xomashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar
13
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan yuridik shaxslar (lizing kompaniyalari bundan mustasno)
8
Va boshqalar.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay;
2. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar, shuningdek Soliq Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 1-iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.
Quyidagilar soliq to‘langan sana deb hisoblanadi:
soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda — bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lashda Soliq Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun hujjatlariga asosan ushbu soliqni byudjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan:
soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
Quyidagilar soliq solish obyektidir:
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 1992 yilda 30 foizni tashkil qilgani holda, bugunga qadar bir-necha marta o‘zgartirildi. Faqat uchta band, ya’ni eksport, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga beriladigan mineral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari hamda diplomatik vakolatxonalar nollik stavkada soliqqa tortildi. Umuman olganda nollik stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatiga qo‘shilgan qiymat solig‘i nollik stavkada tortiladi, soliq summasi «nol»ga teng bo‘ladi. Hozirga kelib, yani 2020 – yil 1 – yanvardan QQS 15% etib belgilandi.