Aylanmadan olinadigan soliq


Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari



Yüklə 103,9 Kb.
səhifə2/3
tarix05.11.2022
ölçüsü103,9 Kb.
#67508
1   2   3
AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari.

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq to‘lovchilari, soliq obyekti va stavkasi.

  • Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlari.

    1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir.
    Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun hujjatlariga asosan ushbu soliqni byudjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan:
     soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
     O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
     tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
     oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
    Quyidagilar soliq solish obyektidir:
    1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
    2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
    O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 1992 yilda 30 foizni tashkil qilgani holda, bugunga qadar bir-necha marta o‘zgartirildi. Faqat uchta band, ya’ni eksport, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga beriladigan mineral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari hamda diplomatik vakolatxonalar nollik stavkada soliqqa tortildi. Umuman olganda nollik stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatiga qo‘shilgan qiymat solig‘i nollik stavkada tortiladi, soliq summasi «nol»ga teng bo‘ladi. Hozirga kelib, yani 2020 – yil 1 – yanvardan QQS 15% etib belgilandi.


    2. Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilariga quyidagilar kiradi:
    1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
    2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
    Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti deb hisoblanadi.
    Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining byudjeti daromadlaridagi salmog‘ini tahlil etar ekanmiz, ushbu ko‘rsatkich 2004 yilda 12,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilda 12.5 foiz bo‘lgan. 2017 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 10.1 foizini, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 41.9 foizni tashkil etdi. 2020 – yilgi fuqarolar uchun taqdim etilgan davlat budjeti loyihasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqning budjet daromadlari tarkibidagi ulushi 12% ga teng deb ko`rsatilgandi. Oʼzbekiston Respublikasi norezidenti boʼlgan jismoniy shaxslarga bo`lsa 20%.
    Dividendlar va foizlar tarzida toʼlanadigan daromadlarga Oʼzbekiston Respublikasining:
    1) rezidentlariga 5%,
    2) norezidentiga 10%
    Ko’rinishida soliq to’laydi.


    3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va 2001-yilga bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 500-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlariga binoan 2001 yil 1 yanvardan boshlab joriy etildi.

    Yüklə 103,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin