Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə1/62
tarix29.04.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#104855
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)


Muqaddima.
Bugungi kunda nafaqat Respublikamiz ma’naviy-madaniy hayoti sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar avj olayotgan bir paytda, ko‘zga ko‘rinmagan holatda umumjahon miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskinlashib borayotganligi his qilish unchalik mushkul emas. Aynan ana shu jarayonlar mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini, ayniqsa, madaniyat sohasida faoliyat yuritishga bel bog‘lagan qadrlarni tayyorlash jarayoniga yangicha yondoshishni talab qilmoqda. Chunki, mazkur sohani tanlagan bo‘lajak mutaxassislar, nafaqat milliy madaniy meros va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashning qanchalik darajada muhim ekanligini, shuningdek, umumjahon miqyosida sodir bo‘layotgan ma’naviy-madaniy va g‘oyaviy-mafkuraviy sohalarda sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, mazkur sohaga oid bilimlarni o‘zlashtirishlari o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda.
Ma’lumki, bugungi kunda dunyodagi katta-yu kichik xalqlar nafaqat siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biri bilan integratsiyalash- lashmoqdalar, balki manfaatlar nuqtai nazaridan bir-birlaridan uzoqlashmoqdalar, do‘stona munosabatlarni vayron qiluvchi murakkab ziddiyatarga ro‘baru kelmoqdalar. Manfaatlar ustunligi uchun kurash milliy madaniyatlarni, ayniqsa, o‘zligini anglab yetmagan etnik birliklarni ma’naviy-madaniy jihatdan qaram qilishga qaratilmoqda. Ikkinchi tomondan, yagona jahon davlatchiligini vujudga keltirish g‘oyasining, ya’ni butun jahon xalqlarini yagona davlatchilik - boshqaruv tizimi ostiga birlashtirish orqali, jahon hamjimiyati ustidan yakka hukmronlikni qo‘lga kiritish g‘oyasi ham ilgari surilmoqda. Mazkur jarayonlar zimdan, zamonaviy ommaviy axborot tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.
Umumjahon siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarida sodir bo‘layotgan voqealarni sergaklik bilan kuzatib, mazkur jarayonlarni o‘z nazoratiga olishga intilayotgan ko‘zga ko‘rinmas kuchlar esa, turli etnik birliklar o‘rtasida ma’fkuraviy, ma’naviy va madaniy ekspansiyani yanada kuchaytirishga intilmoqdalar.
Madaniy taraqqiyotda orqada qolayotgan, o‘zlarining azaliy madaniy qadriyatlarining qadriga yetmayotgan, jahonda sodir bo‘layotgan voqealarga beparvolik bilan qarayotgan etnik birliklar esa, ma’naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlarning nafaqat sabablarini, hatto ular keltiradigan oqibatlarini hatto tasavvur ham qila olmayaptilar. Umumbashariy jarayonlarning oqibatlarini sezgirlik bilan kuzatib borayotgan, ya’ni, o‘zligini unutmagan, o‘zlarining milliy madaniy-qadriyatlarini saqlab qolishga intilayotgan etnik birliklar esa, nafaqat, ijtimoiy-siyosiy, moddiy va madaniy sohalarda yutuqlarni qo‘lga kiritish bilan birga, azaliy madaniy boyliklarini, madaniy qadriyatlarini hozirgi zamon ruhi bilan boyitgan holda keyingi avlodlarga yetkazib berishga harakat qilmoqda.
Xalqlar o‘rtasidagi diniy, milliy, maishiy va boshqa farqlar o‘z-o‘zicha qonli urushlarga, ziddiyatlarga sabab bo‘lmaydi, albatta. Lekin, Jahon sahnasini egallashga intilayotgan siyosiy kuchlar esa, insoniyat tomonidan ming yillar davomida yaratilgan madaniy boyliklarni bir yoqlama talqin qilib, ularning vujudga kelish tarixini soxtalashtirib, mazmunan sayoz, insoniyatning kelajak taraqqiyotiga xizmat qilishga yaroqsiz kabi turli xil kamsituvchi g‘oyalarni, sohta nazariyalarni ilgari surish orqali ular o‘rtasiga rahna solishga intilmoqdalar va o‘zlarining zaiflashib borayotgan, qadriyatlar maqomini yo‘qatayotgan madaniyatlarini saqlab qolish maqsadida milliy madaniyatlar o‘rtasiga rahna solmoqdalar. Ularni zabun etishga xizmat qiladigan vayronkor g‘oya va mafkuralarning yaratishga harakat qilmoqdalar. “Kim o‘tmishni boshqarsa bugungi kunni, kim bugungi kunni boshqara olsa, u kelajakni ham boshqaradi”, degan naql bejizga vujudga kelmagan.
Aynan ana shu aqidadan kelib chiqqan holda madaniyat sohasini tanlagan bo‘lajak mutaxassislar insoniyatni bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladigan madaniy boyliklarining ahamiyatini, mazkur boyliklar xilma xilligini, dunyodagi turli xalq vakillari tomonidan yaratilganligi bois u umumbashariyatning muqaddas mulki ekanligini, mazkur boyliklarning bugungi kunda dunyo xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirishning eng samarali vositasi ekanligini anglab yetishlar o‘ta muhim ahamiyatga ega. Demak, madaniyat sohasini tanlagan bo‘lajak kadrlar har bir etnik birlik tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarining yaratilish tarixi, buguni va kelajagi to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur qila oladigan bilimga ega bo‘lishlari o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Taniqli faylasuf, jurnalist, siyosiy sharhlovchi Patrik Byukenen “G‘arbning halokati”(2002 yil) asarining muqaddima qismida AQSh, shuningdek, G‘arb davlatlari ham din va axloqqa zid bo‘lgan g‘oya va qarashlarning turmush tarziga singdirilishi natijasida azaliy qadriyat, urf-odat va an’analarning yemirilib borayotganligini bejizga, “Millionlab amerikaliklar o‘zlarining vatanlarida o‘zlarini begonadek his qilmoqdalar... Ular azaliy bayramlarining yo‘q bo‘lishini, o‘zlari uchun qadrdon bo‘lib qolgan qahramonlari nomlarining o‘z xotiralaridan o‘chib, tarix qatlariga singib borayotganligi loqaydlik bilan kuzatib qolmoqdalar...”,1 deb ta’kidlaydi.
Demak, nafaqat o‘zgalarning, balki o‘zining milliy madaniyati, uning maqsad va vazifalari, yaratilish jarayoni, umuminsoniy madaniyatdagi o‘rni va rolini bilmaslik bo‘lajak madaniyat xodimining bugungi ma’naviy-madaniy jarayonlardan bexabar qolishinigina emas, balki aholi qatlamlari orasida milliy qadriyatlarning nafaqat bugungi kundagi, shuningdek kelajak avlodlarining o‘z milliy qiyofalarini saqlab qolishlarining birdan bir manbai ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar hosil qilishlariga , milliy madaniy boyliklarni asrab-avaylashlariga yordam bera olmay qoladi..
Shu boisdan madaniyat sohasining bo‘lajak mutaxassislari jahon xalqlari madaniyati va milliy qadriyatlarining umuminsoniyat insoniylik qiyofasini saqlab qolishning eng samarali vosita ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega.
Demak, “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani madaniyat nazariyasi, uning shakllanishi, taraqqiyoti qonunlari, madaniyatning boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan o‘zaro aloqadorligi, turli xalqlar madaniyati, ularning yaratilishi tarixi hamda o‘ziga xos xususiyatlari, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida muayyan bilim va tafakkurga ega bo‘lishlari uchun mo‘ljallangan fandir.
Aynan, jahon xalqlari madaniy hayotida gox ko‘zga tashlanib, gohida ko‘zga tashlanmasdan sodir bo‘layotgan jarayonlar madaniyat sohasining bo‘lajak mutaxassislaridan mazkur jarayonlardan doimo xabardor bo‘lib borishni talab qiladi. Buning uchun esa, eng avvalo madaniyatning o‘zi nima ekanligi, uning vujudga kelish jarayoni, bugungi kundagi holati, ularda xalqning azaliy orzu-armonlari-yu zaxmatlari, intilishlari-yu ruhiy kechinmalari mujassamlashib kelishi, bugungi mafkuraviy kurashlarda kuchsizroq xalqlarning madaniyatini zabun etishning asosiy quroli bo‘lib qolmasligi to‘g‘rsidagi tasavvurga ega bo‘lishlari o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Chunki, umumbashariy madaniyatlarning o‘zaro yaqinlashuv jarayoni yildan yilga sodir bo‘lmoqda. Bu degani, o‘zining azaliy milliy madaniyatini asrab avaylamaydigan, uning kuchliroq xalqlar madaniyati ta’siri ostida zabun bo‘lishini hissiz tomoshabin sifatida kuzatib qoladigan, shuningdek, umumjahon madaniy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, har bir etnik birliklar madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning millatlararo munosabatlarini yanada mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini talab qiladi.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q. . ...madaniyat va san’at arboblari hamisha jamiyatning eng oldingi saflarida bo‘lishi, o‘z asarlari, faol grajdanlik pozitsiyasi bilan odamlarni ezgu maqsad va marralar sari boshlashi, ilhomlantirishi kerak2.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin