Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə3/62
tarix29.04.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#104855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

birinchidan, madaniyatning noyob ijtimoiy-tarixiy hodisa ekanligini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etishni;
ikkinchidan, “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining boshqa ijti-
moiy-gumanitar fanlar tizimidagi o‘rni va ular bilan o‘zaro aloqadorlik-da ekanligini. Chunki madaniyat masalalari va muammolari haqida falsafa, tarix, siyosatshunoslik, sotsiologiya, axloqshunoslik, estetika, adabiyotshunoslik, pedagogika, etnografiya, san’atshunoslik, dinshunoslik va boshqa ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlar ham so‘z yuritadi, bahs mavzusiga aylantiradi. Masalan, falsafa fani madaniyatning jamiyat va inson hayoti faoliyatida tutgan o‘rninigina emas, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda, insonning ma’naviy takomilida, ya’ni madaniyatning kishining insoniylashuvidagi o‘rni masalasini falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Madaniyat masalasining falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilishi madaniyat falsafasining vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi ham bejiz emas. Madaniyat falsafasi madaniyatning mohiyati, uning rivojlanish qonunlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini bir butun hodisa sifatila tahlil etadi. Boshqa tomondan esa, madaniyat nazariyasi fani falsafa bag‘ridan ajralib chiqqanligi uchun ham ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Madaniyat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko‘rinishlarini tahlil qilishi asnosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning mazmunan boyishi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va chuqurlashuviga, u ilgari surayotgan xulosalar va qoidalarning yanada aniq tushunchalarga aylanishiga xizmat qiladi. (Qarang. Falsafa. Qomusiylug‘at.Toshkent. Sharq. 2004 yil.230-231 b.)
uchinchidan, “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining ijtimoiy
amaliy, tarbiyaviy funksiyalarini;
to‘rtinchidan, “madaniyat” atamasi, uning tarixiy-madaniy jarayonda kishilarning mazkur atamani turli davrlarda o‘zlarining dunyoqarashlarining oddiyliklan murakkablikka tomon shakllanib borishi nuqtai nazaridan turlicha tasavvur va tushunchalar sifatida ta’rif berganliklarini;

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin