Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə24/62
tarix29.04.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#104855
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

2.Umuminsoniy madaniyat. Milliylik bor joyda umuminsoniylik ham bo‘y ko‘rsatib turadi. Zero, milliylik va umuminsoniylik doimo dialektik birlikdagina mavjud bo‘ladi. Milliy madaniyat umuminsoniy madaniyatning mavjudlik sharti bo‘lsa, umuminsoniy madaniyat milliy madaniyatning rivojlanish shartidir. Ularni bir-biridan ajratish aslo mumkin emas.
Umuminsoniy madaniyat – har bir inson, jamiyat va barcha toifadagi kishilar uchun eng oliy qadriyat sifatida e’zozlanadigan va umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy hodisalar, madaniy boyliklar, adabiyot, fan, san’at yutuqlari, din, siyosat, huquq sohasidagi natijalarni anglatuvchi tushunchadir.
Kundalik hayotda kishilar umumbashariy ahamiyatga molik madaniy boyliklar, kashfiyotlar, qadriyatlar, din, fan, adabiyot, madaniyat bilan bog‘liq xususiyatlar, jihatlar, jarayonlarning o‘zini umuminsoniy madaniyat sifatida tushunadi. Ma’naviy mazmun kasb etadigan narsa va hodisalarga nisbatan ishlatiladigan umuminsoniy madaniyat har qanday xalq, jamiyat va davlat hayot tarzining asosiy mezoni bo‘lib kelmoqda.
Umuminsoniy madaniyatlar orasida o‘z ahamiyatini, ijobiylik hamda foydalilik xususiyatlarini doimo saqlab qoladiganlari ham bor, ularga inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, inson umri va hayoti, sihat-salomatliligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlari, mehnati, bilimi, muomalasi va shu kabilar kiradi. Ular inson va jamiyat mavjud ekan, o‘zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qoladi, ularning ziddi bo‘lgan o‘lim, kasallik, mazmunsiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir.
Umuminsoniy madaniyatni ma’naviylik nuqtai nazaridan olib qarasak, ular insoniyat hayotining barcha sohalarida aniq ko‘zga tashlanib turadi. Masalan, axloqiy hodisalarda – yaxshilik, ezgulik, mehr-oqibat ro‘y-rost ko‘zga tashlanadi. Axloqiy poklikning umumiy belgisi – yaxshilik; estetik faoliyatda – go‘zallik; ilm-fan sohasida – haqiqat; inson huquqlarining oliy ifodasi – erkinlik va tenglik; siyosiy sohada – adolat; insoniy munosabatlarda – do‘stlik; hokisor va beg‘araz tuyg‘ularda – muhabbat; orzu-armonlarga erishishda – baxt-saodat; o‘z yurtini sevish va ardoqlashda – vatanparvarlik; va nihoyat – diniy tuyg‘ularda – mustahkam e’tiqod umuminsoniy madaniyatning ma’naviy ko‘rinishlaridir.
Ushbu ideallarning ziddi – yovuzlik, yomonlik, xunuklik va pastkashlik, yolg‘on, erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanlik, nafrat, xiyonat, imonsizlik va e’tiqodsizlikdir.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida umuminsoniy madaniyatni barqarorlashtirish yo‘llari va usullarining bu boradagi maqsadlar bilan uyg‘unlashtirilishi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur masalani anglab yetishda quyidagi uchta asosiy jihatga e’tibor berish talab qilinadi. Birinchisi, umuminsoniy madaniyat va ularga erishish yo‘llari haqidagi qarashlarida o‘tmish ajdodlardan meros qolgan ma’naviy-ruhiy kechinmalar hisoblanuvchi orzu-umidlar hamda tasavvurlarning ahamiyati beqiyos kattadir. Chunki har bir avlod umuminsoniy ma’naviy madaniyatni barqarorlashtirish va oliy maqsadlarga erishish borasida o‘tmish ajdodlarning tasavvur hamda xulosalarini meros qilib oladi, o‘z faoliyatlari, zamondagi o‘zgarish va jarayonlarga ham ana shu nuqtai nazardan yondashadi. Ikkinchidan, Har bir avlodning o‘tmishdoshlaridan meros bo‘lib kelgan umuminsoniy madaniyat to‘g‘risidagi tasavvur va orzu-umidlaridan tashqari, o‘zi to‘plagan tajriba hamda ana tajriba asosida vujudga kelgan qarashlar, nuqtai nazarlar ham mavjud. Demak, har qanday davrda yuksak madaniy boyliklarni yaratish jarayonida, ularni amalga oshirishning reja va dasturlari tayyorlanayotganda, kishilarning ana shu jarayonda zarur bo‘ladigan ruhiy tayyorgarligi, maqsadni amalga oshirishda zarur bo‘lgan qat’iyatliligi va ishonchini hisobga olish zarur. Uchinchidan, umuminsoniy madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar, ehtiyojlar va intilishlar asosida vujudga kelgan turli xil reja hamda dasturlarni amalga oshirishda boshqa millatlarning hayotiy tajribalari, ular yaratgan madaniy boyliklarning milliy taraqqiyotga ko‘rsatadigan ta’siri, kishilar o‘rtasidagina emas, balki millatlararo munosabtlarni, ma’naviy-ruhiy yaqinlikni vujudga keltiradigan jihatlari ham nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha etnik birliklarning barchasiga xos umuminsoniy madaniyatning boyishi va takomillashuvida har bir etnik birlikning, nafaqat o‘zi uchun, balki barcha uchun zarur bo‘lgan millatlararo munosabatlarni takomillashtiradigan, o‘zaro madaniy aloqalari, ma’naviy-madaniy munosatlarini mustahkamlaydigan, ularni birodarlashtiradigan, bir-birlarini asrab-avaylaydigan madaniy boyliklarni yaratish katta-yu kichik etnik birliklar uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Madaniyat umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari va boshqalar barchaga tegishli. Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki u qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, baribir uning zaminlari milliylikka borib taqaladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin