Ayolga e’tibor millatga e’tibor


-расм. Ayollarning parlamentdagi o‘rni (foiz hisobida)



Yüklə 165,5 Kb.
səhifə2/3
tarix24.01.2023
ölçüsü165,5 Kb.
#80364
1   2   3
Ayolga e’tibor – millatga e’tibor

7-расм. Ayollarning parlamentdagi o‘rni (foiz hisobida).

Eng e’tiborlisi, milliy saylov tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi mavqeini oshirishda ham boshqa mamlakatlar saylov tizimidan ajralib turadi. Negaki, siyosiy partiyalardan ko‘rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi shart ekani to‘g‘risidagi norma qonun bilan belgilandi.


Mamlakatimizda ayollar bandligi quyidagi ko‘rinishga ega:

  • sanoatda – 42,4%;

  • qishloq xo‘jaligida – 52,6%;

  • fan, ta’lim, madaniyat sohalarida – 75,3%;

  • sog‘liqni saqlash, sport, ijtimoiy muhofaza sohalarida – 75,3%;

  • fermer xo‘jaliklar rahbarlari – 10%;

  • kasaba uyushmalari kengashlari rahbarlari – 42,2%;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari – 25%.

Ayollarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash tadbirlari, ijtimoiy hayotda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqni kamaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Odatda, bunday farqlar insonning u yoki bu kasbni tanlashida, xizmat lavozimlarida o‘sishida, jamiyat hayotining turli jabhalarida faollik ko‘rsatish imkoniyatlarining cheklanishida ko‘zga tashlanadi. Shu munosabat bilan zamonaviy fanga kirib kelgan atamalardan biri “gender” so‘zi va “gender tengligi” iboralari har bir zamonaviy inson uchun muhimdir. Shuni qayd etish lozimki, gender so‘zi erkak yoki ayolning jamiyatda, hayotdagi ijtimoiy mavqeini anglatuvchi tushunchadir. Ayol va erkaklar o‘rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarga barham berish oila, ishxona, jamiyat hayotining barcha jabhalarida yuzaga keluvchi yashirin va ochiq holatlarga tegishli bo‘lib, mamlakatimiz miqyosida ushbu sohada sezilarli olg‘a siljishlar kuzatilmoqda. Xususan, oilada ayollar mehnati muhim darajada yengillashdi. Oilaga maishiy texnika uskunalarining kirib kelishi, qo‘l mehnatini yengillashtiruvchi avtomatik moslamalarning ko‘payganligi, aholi punktlarida maishiy xizmat turlarining ortgani va ulardan foydalanish imkonining kengligi aynan ayollar turmush tarzi va mehnati sifatini oshiruvchi omillardir. Bugungi kunga kelib, ko‘pchilik maishiy xizmat turlari ixtisoslashib borishi tufayli uyda ayol bajaradigan ko‘pgina yumushlar, ya’ni oiladagi ayol mehnati ancha yengillashdi.
Xotin-qizlar faolligini kuchaytiruvchi omillardan yana biri ayollarning mehnat qilish sohalarining tobora kengayib borishidir. Maishiy va oiladagi yumushlarning xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi ixtisoslashuvi ayollarga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga asos bo‘lmoqda. Natijada katta yoki kichik shaharlardagi ayollar o‘z uylaridan uzoq bo‘lmagan ishxonalarda imkoniyati darajasida mehnat faoliyatini olib borish, oilaga qo‘shimcha mablag‘ keltirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa ayollarning jamiyat iqtisodiy hayotida yanada faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratdi.
Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini ta’minlash, ayollar haq- huquqlarining poymol bo‘lmasligini nazorat qilish yuzasidan turli jamoat tashkilotlari tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib, muayyan nodavlat notijorat tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar aynan ayollar va xotin-qizlar manfaatini himoya qilish, ularning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini to‘liq ochib berish borasida faoliyat olib bormoqda. Bu borada bajarilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida quyida keltirilgan ma’lumotlarga murojaat etish mumkin. Jumladan, bugungi kunda xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlar 158 tani tashkil etadi. Ular quyidagi masalalar bo‘yicha faoliyat olib bormokda:

  • ijtimoiy siyosiy faollikni oshirish (37%);

  • tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etish (18%);

  • ijtimoiy himoyalash (14,5%);

  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish (11,5%).

Shu o‘rinda oila mustaqilligini ta’minlash, uni tom ma’noda jamiyatning hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylantirish va asrab-avaylashda ayollarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Ayollarni ulug‘lab, ardoqlab, boshiga ko‘tarib yashaydigan xalq o‘zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan va tasdiqlaydigan xalq sifatida obro‘-e’tibor qozonadi”

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Yüklə 165,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin