Ayolga e’tibor millatga e’tibor



Yüklə 165,5 Kb.
səhifə1/3
tarix24.01.2023
ölçüsü165,5 Kb.
#80364
  1   2   3
Ayolga e’tibor – millatga e’tibor


Ayolga e’tibor – millatga e’tibor

Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan yuksak marralar, ruh va dil tantanasi, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir. Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 12 iyunda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Qarorda ta’kidlanganidek, “Mustaqillik – bu, avvalo, huquqdir. Mustaqillik – ozod va obod Vatanning har bir farzandi o‘zligini, o‘z qadr-qimmatini, or-nomusi va g‘ururini teran anglashi uchun cheksiz va buyuk imkoniyat”


O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholi sog‘lig‘ini, jumladan, ona va bola salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lom naslni voyaga yetkazish, bu borada yagona milliy tizimni yaratish, tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish yo‘lida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Joylarda reproduktiv salomatlik va perinatal markazlar ochilib, ayollarga ko‘plab ijtimoiy imtiyozlar joriy qilindi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli ayollarimiz bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat va jamiyatda kechayotgan hayotbaxsh bunyodkor o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylandilar.
Mamlakatimiz aholisining 50 %dan ziyodini tashkil etadigan xotin-qizlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ayol zotini e’zozlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila va jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda munosib o‘rin olishi borasida qabul qilingan qonunlar, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hayot davomiyligining asosi bo‘lgan ayolni, naslimiz davomchisi bo‘lmish farzandlarimiz salomatligini asrash – bu millatni, xalqni va ertangi kunni asrashdir. Farzandga, oila va jamiyat tayanchi, sog‘lom, barkamol avlodni dunyoga keltiruvchi hamda tarbiyalovchi ayolga mehr-ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida bu boradagi ezgu an’ana va urf-odatlarimiz yangicha ma’no va mazmun bilan boyib bormoqda. Buning misoli sifatida poytaxtimizdagi “Ma’rifat markazi” saroyida 2011 yil 26 noyabrda o‘tkazilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumni keltirib o‘tish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, AQSH, Xitoy, Rossiya, Kanada, Angliya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Chexiya, Daniya, Janubiy Koreya kabi qirqqa yaqin mamlakatdan sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, tibbiyot sohasida jahonda tan olingan mashhur olimlar, xalqaro ekspert va tahlilchilardan iborat qariyb 300 nafar yetuk mutaxassis ishtirok etdi. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo‘yicha “o‘zbek modeli” BMT tomonidan Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari uchun eng yaxshi Mintaqaviy dastur sifatida tavsiya etildi.
Ayollarimiz, opa-singillarimizning mehnatini yengillashtirish, ularning salohiyatidan faol ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy sohalarda, bolalar tarbiyasida yanada samarali foydalanish maqsadida ilgari ko‘rilmagan yoki e’tibordan chetda qolgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, bu borada “Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilinib, unga muvofiq, xonadonlarning maishiy va oshxona elektr jihozlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ayollarning uy-ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirishga qaratilgan iste’mol kreditlarini kengaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Yurtimizdagi oilalarga uch yilga mo‘ljallangan iste’mol kreditlari ajratilgani opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, aholining turmush madaniyatini oshirishga qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir.
Xususan, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab joriy etib kelinayotgan, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi doirasidagi chora-tadbir katta ahamiyatga molikdir. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 fevraldagi PF-4087-sonli Farmoniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi. 1998 yilda qabul qilingan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining eng muhim qoidalari va maqsadli vazifalari muvaffaqiyatli amalga oshirilganini qayd etib o‘tish mumkin. Tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi amalda to‘liq qayta ko‘rib chiqildi, sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishning prinsipial yangicha yondashuvlari ishlab chiqildi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bo‘lg‘usi onalarning salomatligini muntazam nazorat qiluvchi hamda sog‘lom bolalar tug‘ilishiga ko‘maklashuvchi skrining markazlarining keng tarmog‘i vujudga keltirilganligi nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Tug‘ruq muassasalarining moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada mustahkamlandi.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish borasida qabul qilingan chora-tadbirlar insonlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, aholi turmushini yaxshilash imkonini berdi. Umuman olganda, istiqlol yillarida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan tizimli islohotlar samarasini onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarining 3 baravarga kamaygani, mamlakatimiz fuqarolarining o‘rtacha yashash umri erkaklarda 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarda esa 75 yoshgacha ko‘tarilgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi inson hayoti farovonligining muhim omilidir. Shu munosabat bilan, zamonaviy ayollar, xotin-qizlarning nafaqat moddiy turmushdan qoniqishi, balki o‘zini anglashi, o‘z hayoti va mavqeidan qoniqish olishi ham inson hayot sifatini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Ushbu omillarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:
1) oila omillari oilaviy munosabatlardan qoniqish, oiladagi er va xotin bajaradigan rollarning o‘zaro mutanosibligi, oiladagi mehnat va xo‘jalik majburiyatlarining to‘g‘ri taqsimlanganligi, oila a’zosining o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati mavjudligi, oila a’zosining oiladagi mavqeidan qanoatlanganligi va boshqalar;
2) shaxsning o‘z mehnat faoliyatidan qoniqishi sifatida ifodalanishi bo‘lib, bunda insonning o‘zi bajaradigan ishdan ma’no-mazmun topishi, mehnat faoliyati orqali o‘zini namoyon eta olish imkoniyati mavjudligi va hokazo.
Agar zamonaviy ayollar hayot mazmunini aynan shu jihatdan tahlil etsak, mustaqillik yillarida mamlakatimiz ayollari oldida mazmunan va shaklan o‘zgargan qator imkoniyatlarni ko‘ramiz. Avvalambor, bunday tahlilni ayollar faoliyat ko‘rsatuvchi barcha jabhalar misolida ko‘rib chiqish o‘rinli. Bunday sohalar qatorida zamonaviy ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi faolligi, qolaversa, mamlakatimiz xotin-qizlariga yaratilgan sharoitlarda ko‘rish mumkin. Xususan, siyosiy faollik haqida shuni qayd etish mumkinki, bugungi kunda aynan shu sohada erkak va ayollar o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Oliy Majlisga deputatlar orasida kamida 30% gacha ayol vakillarning bo‘lishi mamlakatimizdagi faol ayollar orasida yangidan-yangi imkoniyatlar ochmoqda (7-rasm).


Yüklə 165,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin