«Ayollar ko’ylagi yoqa va yengiga ishlov berish. Old va ort bo’l-fayllar.org (1)
III. Ko’ylakka oxirgi ishlov berish va NIIB.
3.1. Izma o’rnini belgilash va puxtalash
Bo’r, andoza
Ko’ylak modeliga muvofiq izmalar o’rni andoza yordamida bo’rlanadi va maxsus mashinada puxtalanadi.
3.2. Tugma o’rnini belgilash va puxtalash
MM, ip, igna, angishvona
So’ngi dazmollashdan keyin tugma qadash uchun ko’ylakni stol ustiga yozib qo’yiladi va taqilma joyidan izmalarga moslab tugma taqish shartlariga muvofiq puxtalanadi.
3.3. Ko’ylakka so’ngi pardoz berish.
Qaychi, dukcha
Ko’ylakni o’ngi va teskarisidan qolgan ip uchlari qirqib tashlanadi. Bo’r izlaridan tozalanadi.
3.4. Tayyor ko’ylakka so’ngi NII berish
Dazmol, maxsus qolip
Ko’ylakni dazmollashda maxsus qolip va dazmolmato ishlatiladi. Ko’ylakni teskarisiga ag’darib oldin maxsus qolipga kiydirib, yenglar dazmollab olinadi, so’ngra ko’ylakning qolgan joylari dazmol stoli yoki maxsus taxta ustida dazmollanadi. Ko’ylak dazmollashda yoqa ostki yoqa tomondan, etak esa bukish haqqi tomondan dazmollanadi.