«Ayollar ko’ylagi yoqa va yengiga ishlov berish. Old va ort bo’l-fayllar.org (1)
II. Yengni yeng o’miziga tikish
2.1. Yengni yeng o’miziga tikish
UM
Tayyor yengni yeng o’miziga to’g’nog’ichlar yordamida kerttimlarini to’g’rilab o’mizga to’g’nab chiqiladi. Keyin yengni o’mizga ko’klab o’tkazayotganda ignalar olib tashlanadi. Yengni ko’klab o’tkazish uchun yengni asosiy bo’lak yeng o’mizi ichiga o’ngini ichkariga qaratib kiritiladi, yeng va o’miz kertimlari to’g’ri keltiriladi va yeng tomondan sirma qaviqlar bilan ko’klanadi, chok kengligi 0,7-0,8 sm. yengdagi eng ko’p salqi qiyama qismida bo’lib, qolgan joyda deyarli salqi hosil qilmay ko’klab o’tkaziladi. So’ngra mashinada tikiladi.
2.2. Yeng o’miz choklarini dazmollash
Dazmol
Yeng mashinada tikib bo’lingandan so’ng ko’klangan qaviq iplari, so’ng salqilar kirishtirilib dazmollanadi. Dazmol tagi yeng qirqimidan 2,5-3,0 sm masofadan o’tmasligi lozim. Maxsus dukcha yordamida ko’klangan choklar olib tashlanadi.
2.3. Yeng o’miz qirqimlarini yo’rmalash
MM
Yeng o’tkazilgan chok qirqimlari maxsus mashinada chok ziylari yo’rmalanadi.
2.4. Ko’ylak etak qirqimlarini tikish
UM
Ko’ylak etak qirqimini tikish uchun avval ko’ylak o’ngiga ag’dariladi, yon choklarini bir-biriga to’g’rilab andoza qo’yib, etakning notekis joylari tekislanadi va bukish haqi bo’rlanadi. So’ngra bukish haqi buklab yana bir marotaba bukma ziydan 0.1-0.2 sm bostirib tikiladi.