Ayollar klassik yubkasini modellash, andoza tayyorlash va bichish ko’nikmalarini shakllantirish.
hggddtrddff
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Yubkalar silueti bo’yicha to’g’ri, etakka qarab kengaygan va toraygan bo’ladi. Har bir siluet bir necha variantlardan iborat bo’lishi mumkin. Yubka konstruktsiyasini chizishda avval siluet tanlanadi, so’ng shaxsiy figura to’laligi hisobga olinib zamonaviy moda yo’nalishiga mos model aniqlanadi.
To’g’ri yubka va uning variantlari ixcham bo’ksali ayollar figurasini kelishgan qilib ko’rsatadi. Uning etak qismi bo’ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kengroqdir. Etagi kengaytirilgan yubka beli xipcham (ingichka belli) va bo’ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kengaytirish bel vitochkalarini etak chizig’iga o’tkazish yo’li bilan hal etiladi.

Yubka variantlari
to’g’ri siluetli yubka
etagi kengaytirilgan yubka
etagi toraygan yubka
Yubka barcha siluetlari va ularning variantlari to’g’ri siluetli yubka gazlamasi asosida konstruktiv modellash yo’li bilan yaratiladi. Yubkani modellashda uning bo’laklarining o’zaro mutanosibligiga (proportsional ichiga) e’tibor berish kerak.

Yubkani modellashda tikish uchun tanlangan gazlama xossalarini va figuraning to’laligini ham hisobga olish zarur.
To`g’ri yubkaning tashqi ko`rinishi.
Yupqa va mayin gazlamalardan etagi kengaytirilgan yubkalar, cho’ziluvchan gazlamadan torroq yubka tikish ma’qulroqdir. «Klesh», «gode» bichimli yubkalarni kengaytrish darajasi (kattaligi) qomat tuzilishiga qarab aniqlanadi.
Yubkalar turlari
Yubka
variantlari
To’g’ri
siluetli yubka
Etagi
Kengaytirilgan
yubka
Etagi
toraygan
yubka
To’g’ri yubkaning konstruktiv chiziqlari va asosiy bo’laklari.
To’g’ri yubka bazis to’ri chizmasi.
ANDOZALARNI QURISH
Yubka andozalarini qurish uchun model konstruktsiyasi chizmasi (5-rasm), yubkani yig’ish chizmasi. (texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etiladigan materiallar xossalari haqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (bo’ksa, etak) bo’laklardagi montaj kertiklar o’rni aniq ko’rsatiladi. Montaj kertiklar yon choklarida (2 tadan) ort o’rta qirqimida (2 ta), bel vitochkalari o’rnida belgilanadi.
Andazalar turlari, ularni ishlab chiqish uchun qo’yiladigan talablar T-24, T-33, T-38 modullarda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi.