Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlangan.
Masalan, 1556-1585-yillar oralig‘ida Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim,
Chahorminor, Jondor suv ayirg‘ichlari; Nurota tog‘ida Oqchob, Murg‘ob vohasida
Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax
vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo‘yga, Murg‘obdan Marvga,
Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan
Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta jonlantirish, sardobalar,
karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. 1577-yilda Buxoroda yirik usti berk bozor – Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy
darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan band (to‘g‘on) qurdirdi.
Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to‘g‘on tepasida turib ochishi yoki berkitishi mumkin edi
Maqsad esa o‘sha atrofdagi bo‘z yerlarni sug‘orib, dehqonchilikni