Azimov Isfandiyor 630-22-guruh joriy nazorat savollari



Yüklə 17,55 Kb.
tarix07.12.2022
ölçüsü17,55 Kb.
#73016
6-10 savollar


Azimov Isfandiyor 630-22-guruh
JORIY NAZORAT SAVOLLARI:
1)Bilish nazariyasining predmeti
2)Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati
3)Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari
4)Global muammolarning turlari
5)Mantiq ilmining qonunlari.
Javoblar
1)Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi.

2) "Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madanyat"so'zi (arabcha- madinalik, yaniy shaharlik ta'lim-tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi va tabiat hamda o'zaro muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga hos usuli ekanligini takidlanadi. Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shahsiy madaniyat)ni hamda ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi.


Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlandi.
Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini yo'ldirib borgan.
Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir hil.

3) Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari. Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi Evropa madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham kelib chiqadi. Aynan xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri sifatida qaraladi. SHarq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim. SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan «Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson haqidagi ta’limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati muammolarini izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya, shu jumladan, inson, uning tabiat va jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta’limotni ham o‘z ichiga oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga chiqadi.



4) Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.

5) Mantiqiy qonunlar - insonning tafakkuriga, fikr yuritish jarayoniga xos boʻlgan qonunlar. Mantiyey qonun tushunchasi fikrlar orasidagi zaruriy bogʻlanishni anglatadi. Mantiqiy qonunlar faqat tafakkurda amal qiladi va fikrning toʻgʻri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz asoslangan boʻlishini taʼminlaydi. Tafakkur qonunlari obʼyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan, ularda insonning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatining koʻp asrlik tajribasi qayd etilgan. Mantiqiy qonunlar mantiq ilmida oʻrganiladi. Mantiqiy qonunlar, asosan, toʻrtta: ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni (baʼzi adabiyotlarda ziddiyatsizlik qonuni deb ataladi), uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni. Ulardan dastlabki uchtasini Aristotel birinchi boʻlib taʼriflab bergan. Turtinchisini V. Leybnits kashf etgan. Mantiqiy qonunlarga amal qilish voqelikni bilishning muhim shartlaridan biri boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin