Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə120/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136
10-ona-tili-konspekt

107-mashq. Ko‘chirma gaplarning muallif gapi bilan munosabati haqida fikrlashing.
1. Mirzaabdulla ashulani to‘xtatib uni turg‘izdi. Sudrab tashqariga opchiqib ketdi: – Shu yerda turib aytasan. Hamma eshitadigan qilib qattiq-qattiq ayt! (Said Ahmad) 2. U bir lahza jim qoldi-da, o‘ziga gapirganday sekin qo‘shib qo‘ydi: – Payshanba kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo‘y suti ichsa, dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi, – dedi. (O‘. Hoshimov) 3. O‘rtadagi yaltiroq stolga popukli qalin dasturxon yozarkan, bilinar-bilinmas kulimsirab: – Xizmatlar yaxshi o‘tyaptimi, Hikmat aka? – deb so‘radi. (O. Yoqubov) 4. Ayvonda ag‘nab yotgan Hakimjon mingboshini qo‘yib, Miryoqubga arz qildi: – Yurtda hali-hozir tinchlik. Unaqa zo‘r degunday ish yo‘q. Mayda-chuyda arizalar ko‘p, albatta. Ularning ko‘pini o‘zim to‘g‘rilab yubordim. Besh-to‘rtta kattaroq arizalar bor, ularni o‘zimcha hal qilishga botinolmadim. (Cho‘lpon) 5. Amakim hikoyasini tugatishi bilan o‘zining tizzasiga o‘z shapalog‘i bilan urib o‘rnidan turdi-da: – Mening ana shunaqa arslonim bor edi! – dedi
yig‘lamsirab. (X. To‘xtaboyev) 6. Abduzafar aka qo‘lini siltadi: – Kechirim so‘ramang, mayli. Pishiq bo‘ling deyman-da. O‘sadigan vaqtlaring ham kelyapti. Mana, biz ham pensiya yoshiga boryapmiz, xo‘sh, ishni kimlarga qoldiramiz, a? (Ahmad A’zam)
108-mashq. Berilgan o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarga aylantirish mumkinmi? Hosil bo‘lgan ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gap bilan qiyoslang. Mazmundagi farqli holatlarni tushuntiring.
1. Qurvonbibi bir nafas tinmasdan, Zebini maqtab gapirar, uning dutor chalishi, ashula aytishi, chok tikishi, to‘ppi bosishlarini hikoya qilar, yurish-turishlari, qaddi-qomati, bo‘ylari, ko‘zlari va qoshlarining chiroyliligini aytar edi. (Cho‘lpon) 2. Majlisning boshlig‘i bo‘lgan Otabek qipchoqlarning zulm va taaddisini, qipchoqlaridan ishni
olmoq uchun Toshkand da Azizbek va o‘z otasi boshliq bilfe’l ish boshlaganlarini so‘zlab, Marg‘ilonning ham mundan so‘ng oyoqqa qalqishi kerakligini aytdi... (Abdulla Qodiriy) 3. Yo‘lchi Shokir otaning ahvolini, tirikchiligini so‘radi. (Oybek) 4. Sultonov uning Qo‘qondaligini, qaynatasi bilan xotinining yettisidan so‘ng Qo‘qonda tashkil etilgan ma’rakada qatnashayotganini, kechqurun qaytishini aytdi. (O‘. Umarbekov) 5. So‘ngra Oltoyda ham topishmoqni topolmagan kishi «shahar berishi»ni yoxud kulgili bir laqab bilan atalishga rozi bo‘lishini aytdi. (Sh. Xolmirzayev)

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin