105-mashq. Bo‘lsa, esa so‘zlari bilan bog‘langan qo‘shma gaplarni bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga aylantiring. Ularning mazmunida qanday uslubiy o‘ziga xosliklar yuz berganini tushuntiring.
1. Piyola chil-parchin bo‘lib chor tomonga tirqiradi, o‘zi bo‘lsa o‘rnidan turib ketdi. (Ulug‘bek Hamdam) 2. Bilasizlar, Andijon shahrida uch xonali «dom»im, bu yer – Marhamatda esa manavi hovli joy. (Ulug‘bek Hamdam) 3. Zero, hukm chiqarish hamisha tushunishdan osonroq, tushunish esa hukm chiqarishdan ko‘ra mushkulroq hisoblangan. (Xurshid Do‘stmuhammad) 4. Mingboshining qizi bir-ikki aylanib to‘xtadi, kichik xotini esa ko‘nmadi. (Cho‘lpon)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan juda so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
JUDA, g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p (xo‘b), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, o‘lgu(n)day, o‘larday, o‘larcha, qattiq. Yuqori darajada, ortiq darajada. G‘oyat, g‘oyatda, nihoyatda, benihoya, rosa, toza ma’noni yana ham kuchli bo‘yoqda ifodalaydi. Benihoya(t) nisbatan kam qo‘llanadi. Ashaddiy, o‘taketgan so‘zlari sifatiy belgiga nisbatan qo‘llanadi. Bularda belgi darajasi kuchli. Obdan, o‘bdan, rosa, chunon so‘zlari, asosan, harakatning belgisini bildiradi va bularda harakat darajasi juda so‘zidagidan past roq bo‘lishi ham
mumkin. Xo‘p, rosa, biram, zap so‘zlari bu ma’noda, asosan, so‘zlashuv uslubiga xos. O‘ta so‘zida belgi darajasi yana ham kuchli. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi. Uvvalo faqat harakatga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘zda belgi darajasi kuchli. Lekin juda kam qo‘llanadi. Bis yor eski, kitobiy. Shunga ko‘ra hozir yozuvda juda kam qo‘llanadi. Yomon oddiy, jonli nutqqa xos.
Dostları ilə paylaş: |